Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti bo‘lmoqchi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishGlavniy redaktor L'Officiel, televedushaya Kseniya Sobchak
Glavniy redaktor L'Officiel, televedushaya Kseniya Sobchak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli teleboshlovchi o‘zini "barchaga qarshi nomzod" deya atagan

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Teleboshlovchi Kseniya Sobchak Rossiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi, deb xabar qilingan sobchakprotivvseh.ru saytida

"Meni ismim Kseniya Sobchak. Men Rossiya prezidentligiga o‘z nomzodimni ilgari surmoqdaman", — deyiladi internet-resursda.

Pramaya liniya s prezidentom RF V. Putinim - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Prezident saylovida Putinga ayol kishi raqib bo‘lishi mumkin
Shu bilan bir vaqtning o‘zida "Vedomosti" nashri ham Sobchakning ochiq murojaatini chop etdi.

"Men "barchaga qarshi nomzodman", — deya o‘zini ta’riflagan teleboshlovchi. Eslatib o‘tamiz, Kseniya joriy yilning 5-noyabrida 36 yoshni qarshi oladi.

Aksariyat odamlar saylovlarga "boykot" e’lon qilish kerak, degan fikrni ilgari surishayotganiga qaramay, Sobchak o‘z video murojaatida har bir fuqaroni saylovda ovoz berishga da’vat qilgan.

"Agar siz bormasangiz, u holda sizlarga baribir emasligini qanday tushunmoq kerak? Siz aynan qarshi ekanligingizni qanday tushunsa bo‘ladi? Sizning ovozingizni eshitishlari uchun nima qilmoq kerak?", — deb ta’kidlagan Sobchak.

Rossi prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachov Putinning ijobiy tomonlarini sanab o‘tdi
Ilgariroq bir qancha OAVlar Sobchak prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berishgan edi.

Rossiya davlat rahbari matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ushbu xabarlarga izoh berar ekan, "Kseniya bizning Konstitutsiyamiz nizomiga to‘liq mos keladi" deb, u prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytgan edi.

Peskov shuningdek, Sobchakning siyosiy qarashlari noma’lumligini ta’kidlab, teleboshlovchi "noldan boshlab" siyosiy tajriba orttirishi kerak bo‘ladi, deya qo‘shimcha qilgan edi.

"Siyosat jurnalistikadan tubdan farq qiladi, bu mutlaqo boshqa substansiya", — degan edi Peskov "Dojd" telekanali efirida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidentligiga saylovlar 2018-yilning 18-mart sanasida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0