TOShKENT, 1 sen — Sputnik. 2018-yilda Rossiyadagi prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinga ayol kishi raqibi bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Vedomosti" gazetasiga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Prezident ma’muriyati manbalariga ko‘ra, ayni vaqtda 5-7 nafar ayol nomzodlari ko‘rib chiqilmoqda. "Spravedlivaya Rossiya" partiyasidan uch ayol siyosatchi nomzodlari ko‘rsatilgan: Rossiya ayollari Sotsial-demokratik ittifoqi raisi Natalya Velikaya, Milliy ota-onalar qo‘mitasi yetakchisi Irina Volines va partiya markaziy kengashi a’zosi Irina Petelyayeva.
Boshqa manbalarga ma’lum qilinishicha, shuningdek prezidentlikka teleboshlovchi Kseniya Sobchak da’vogarlik qilishi mumkin.
Prezident ma’muriyati 2018-yilda prezident saylovida Putin ishtirok etishi haqida javob bermagan. Avgust oyida Buratiyaga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida Putin "uylab ko‘raman" degan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Rossiya prezidentlik saylovlarda ikkita ayol ishtirok etgan. 2000-yilda Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova ishtirok etib, 1,01 foiz ovoz olgan. 2004-yilda "O‘ng kuchlar ittifoqi" partiya deputati Irina Xakamada ishtirok etgan va 3,84 foiz ovoz to‘plagan, xolos.