TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Mixail Gorbachev Putinning prezident sifatida ijobiy tomonlarini sanab o‘tdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Oldinda saylovlar kutapti, hozir bu o‘ta dolzarb mavzu. Prezident masalasi hal bo‘lmoqda… Fikrim shundayki, hozirgi prezidentning "plyus" tomonlari juda ko‘p. Men kamchiliklar borasida matbuotda yoki o‘z chiqishlarimda aytib o‘tishim mumkin edi, ammo hozirgi pozitsiyam eng to‘g‘ri deb o‘ylayman", — degan jurnalistlarga Gorbachov.
Gorbachov, shuningdek "Rossiya qonunlari tomonidan belgilangan tamoyil — har bir prezident belgilangan muddatga amal qilishi kerak", — degan fikrdaligini ma’lum qilgan. "O‘rin almashinuvi rahbarlarni harakatga undaydi", — deb qo‘shimcha qilgan siyosatchi.
"Umuman olganda, biz jamiyatimizni davolashni istar ekanmiz, uni xalqning davlat boshqaruvida ishtiroki orqali davolashimiz darkor. Bu degani, xalq ushbu demokratik jarayonlarni boshdan kechirishi kerak", — deb ta’kidlagan siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Putin 2018-yilda prezident lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishi borasida berilgan savolga "o‘ylab ko‘raman" deb javob bergan edi.
Shu paytgacha LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, "Yabloko" partiyasidan Grigoriy Yavlinskiylar o‘z nomzodlarini saylovlarda ilgari surishlarini ma’lum qilishgan.
"Spravelivaya Rossiya" va KPRF partiyalari esa bu masalani o‘z qurultoylarida hal etishlarini xabar qilganlar.