Ta’magirlik qilgan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti xodimlari qo‘lga olindi

© Press-slujba GU MVD RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie za vzatku
Zaderjanie za vzatku - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Veterinariya fakulteti xodimlari birinchi kurs talabalarini go‘yoki o‘qishga kirishda yordam berganligi uchun ma’lum miqdorda pullarni yig‘ib berishmasa, ularni talabalar safidan chiqarish bilan qo‘rqitishgan.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. MXX Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB tezkor xodimlari maxsus o‘tkazilgan operatsiya natijasida Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida yuzaga kelgan noqonuniy sxemani fosh etishdi.

Uzbekskie shkolniki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ta’lim islohotlari: bog‘chadan talabalikkacha

Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti "Veterinariya" fakulteti dekan o‘rinbosari Kamoliddin O‘roqov va o‘qituvchilar Xolmurod Raximov, Xasanboy Esanov va Sherqo‘zi Azimovlar bilan birgalikda jinoiy til biriktirgan holda pul mablag‘larini talabalardan talab qilish bo‘yicha noqonuniy sxemani o‘ylab topishgan.

"Institut xodimlari talabalar va ularning ota-onalaridan pul mablag‘larini talab qilishgan. Go‘yoki ularni o‘qishga kiritish imtihonlarida yordam berishgan. Aks holda ularni oliygoh talabalari safidan chiqarish bilan qo‘rqitganlar. Jumladan, dekan o‘rinbosari "Veterinariya" fakulteti o‘qituvchisidan 7 ming dollarni talab qilgan. O‘z navbatida bu o‘qituvchi mablag‘larni uch nafar birinchi kurs talabalaridan yig‘ib chiqishi kerak bo‘lgan", — deb ta’kidladi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
MXX To‘rtko‘l tibbiyot kollej direktorini 1000 dollar pora bilan qo‘lga oldi

Tezkor xodimlar K.Uroqov, X.Raximov, X.Esanov, Sh.Azimovlarni pul mablag‘larini olayotganda qo‘lga oldilar. Samarqand viloyati prokuraturasi ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi ta’magirlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, sal ilgariroq huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tezkor xodimlari tomonidan Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti iqtisodiyot fakulteti dekan o‘rinbosari Ulug‘bek Umirov va uning sheriklari bo‘lgan ikki nafar talabani qo‘lga olingandi. Ayblanuvchi abituriyentlarning ota-onalaridan o‘qishga kirish masalasini ijobiy hal etish evaziga pul talab qilgan.

Yangiliklar lentasi
0