TOShKENT, 17 avg — Sputnik. MXX tezkor xodimlari To‘rtko‘l tibbiyot kollej direktori 36 yoshli Sherali Davletovni pul olayotganda qo‘lga oldilar, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Kollej direktori 1000 dollarni olmoqchi bo‘lgan. Ushbu pulga Davletov fuqaro Yu.F.ning ikki nafar qarindoshlarini o‘qishga kiritishga va’da bergan.
To‘rtko‘l tumani prokuraturasi pora olish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimi tubdan takomillashtirilmoqda. Qator kollej va litseylar yopilib, ular o‘rniga maktablarda o‘n bir yillik ta’lim va oliygohlarda akademik litseylar ochiladi.
Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan ishchi guruh joylarda ota-onalar va o‘quvchilarning bu boradagi fikrlarini ham o‘rgandi. Unga ko‘ra, umumta’lim maktablarining 466 ming nafar 9-sinf bitiruvchisidan 352 ming nafari 10-sinfda, 114 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirish niyatida ekani aniqlandi.