Atambayev: qirg‘iz xalqi uchun nomus hayotdan azizroq

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizii Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizii Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
7 oktabr kuni Almazbek Atambayev Qozog‘iston hukumati haqida tanqidiy fikr bildirgan edi, oradan bir necha kun o‘tib, Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda muammolar yuzaga kela boshladi. Shu kungacha sukut saqlab kelgan Atambayev chegaradagi muammolar haqida o‘z fikrini bildirdi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Prezident Almazbek Atambayev, Botkent tumanidagi kuch tuzilmalari xodimlariga yangi turar-joylar kalitlarini topshirar ekan, Qozog‘iston bilan chegarada yuz berayotgan hodisalarga izoh berdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston shari.

Atambayev rasskazal o Djumakadirove — video s emotsiyami prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev qozoq hukumati haqida nima dedi - prezident chiqishidan video
Xabarda aytilishicha, Atambayev shu kunlarda hududlarda istiqomat qiluvchi aholi bilan so‘nggi uchrashuvlarni o‘tkazayotganini ma’lum qilgan.

"Men qirg‘iz-qozoq chegarasidagi, YeII bitimlari va normalari buzilayotgan hadsizlikni uch kundan buyon kuzatib kelyapman", — deb bayonot qilgan Atambayev.

Shundan so‘ng u qirg‘iz xalqi sal kam uch ming yillik tarixga egaligini eslatib o‘tgan.

"Uch ming yillik tarixga ega xalq, meni o‘ylashimcha, uch kunlik qamaldan hech qachon qo‘rqmaydi. Bizning xalqimiz uchun or-nomus hayotdan azizroq. Biz har neni ko‘rdik, 2010-yilda bir yarim oylik qamal ham bo‘lgan. Biz insonlar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganlariga guvoh bo‘lganmiz va bugungi kundagi qonunsizlikni ham yengib o‘tamiz, o‘z mustaqilligimizni himoya qilamiz", — degan Atambayev.

Qirg‘iziston prezidenti qo‘shni davlatlar tinch va totuv hayot kechirishlari kerak, deya qayd etgan.

"Agar sen qo‘shningni uyiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lsang, yodingda tutki, shamol boshqa tomonga esishni boshlashi va o‘z uying kulga aylanishi mumkin. Qozog‘istonda qattiq ocharchilik bo‘lganida, yuz minglab qozoqlar oxirgi bo‘lak noni bilan teng bo‘lishgan bizni xalqimiz tufayli omon qolishgan edi", — eslatib o‘tdi prezident.

Prezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev: Qozog‘iston o‘zining prezidentlikka nomzodini bizga tiqishtirishga harakat qilyapti
Atambayev ikki xalq qardoshligini, har bir qirg‘izda qozoq, har bir qozoqda esa qirg‘iz qoni oqishini ta’kidlab o‘tdi. Atambayev katta buvilari Qozog‘istondan ekanligi, birinchi nabirasining onasi ham qozoqligini qo‘shimcha qildi.

"Xon, sulton va prezidentlar ikki birodar xalqni hech qachon urushtira olmaydi. Qirg‘izlar hech qachon kimningdir oldida tiz cho‘kmaydi", — deya ta’kidladi.

O‘z nutqi so‘ngida, Atambayev Qirg‘iziston armiyasi salohiyati haqidag gapirgan va zarba berishga qodirligini eslatib o‘tib, ayni vaqtda qurolli emas, balki moliyaviy va axborot urushlari olib borilayotganini ta’kidlagan. Mustaqillikni nafaqat armiya, balki donishmandlikka amal qilgan holatda saqlab qolish kerak, degan Atambayev.

Yangiliklar lentasi
0