Toshkent-Nukus reysidagi samolyot texnik sabablarga ko‘ra almashtirildi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Reysning 46 nafar yo‘lovchisi Toshkentdan Nukusga boshqa samolyotda parvoz qilishgan

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Bugun ertalab "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining HY 011 reysi bilan Toshkentdan Nukusga yo‘l olgan samolyoti texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qaytdi. Bu haqda aviamkompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"Il-114-100" samolyoti ekipaji poytaxt aeroportiga qaytishga qaror qildi va muvaffaqiyatli qo‘ndi", — deyiladi xabarda.

Reysning 46 nafar yo‘lovchisi Toshkentdan Nukusga boshqa samolyotda parvoz qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0