Ko‘p qavatli uylarda o‘zboshimchalik bilan antenna va konditsionerlar o‘rnatish taqiqlanadi

© Sputnik / Vladimir VatkinSputnikovie antenni na balkonax doma
Sputnikovie antenni na balkonax doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonunda ko‘p qavatli uylarning fasad qismi arxitekturasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish va noqonuniy ravishda qo‘shimcha qurilishlarning oldini olish masalalari ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Parlamentning quyi palatasi deputatlari "Ko‘p kvartirali uylarda turar joylardan, umumiy mulkdan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida" qonun loyihasi ishlab chiqildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Pugalo na priusadebnom uchastke - Sputnik O‘zbekiston
Tomorqasini qarovsiz qoldirgarlar uch baravar ko‘p soliq to‘laydi

Ushbu sohada o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, bugungi kunda ko‘p qavatli uylarda turar joylardan foydalanishni tartibga soluvchi aniq normalar bo‘lmaganligi tufayli ko‘plab muammoli vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

Buning natijasida sanitariya va umumiy mulkdan foydalanish qoidalari buzilmoqda. Ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad ko‘rinishi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilmoqda. Uylar oldida noqonuniy qo‘shimcha qurilishlar va ruxsat etilmagan to‘siq va devorlar paydo bo‘lmoqda. Ular o‘z navbatida yong‘in xavfsizligi va shoshilinch yordam mashinalarining o‘tishiga qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Yangi hujjat bilan ushbu barcha muammolarni hal qilish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa ushbu hujjat xususiy mulkdor shirkatlari ish faoliyatiga taalluqlidir. Xususan, ushbu qonun bilan ko‘pxonadonli uylarda umumiy mulkni texnik va sanitar saqlash, joriy va mukammal ta’mirlash, hududni obodonlashtirish, bolalar maydonlarida xavfsiz va zamonaviy o‘yingoh qurilmalarini barpo etishni tartibga solish nazarda tutilgan.

Yangi tipdagi arzon uylar qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand aholisi namunali uylar sifatidan shikoyat qilmoqda
Bundan tashqari, qonunda sanitar-epidemiologik va texnik, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish masalalari qayd etilgan. Shuningdek,  qo‘shnilarning huquqlarini paymol qilmagan holda kvartiralar ichida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish tartib qoidalari bayon etilgan.

Shu bilan birga deputatlar qonun loyihasiga ta’mirlash jarayonida kvartiralarni noqonuniy ravishda o‘zgartirish, uylarda o‘zboshimchalik qo‘shimcha qurilishlarni barpo etish, shaxta va kanallarni qayta o‘zgartirish va jihozlash, ko‘p qavatli uy tomlari va fasad qismlarida noqonuniy ravishda antenna, konditsioner va boshqa qurilmalarni o‘rnatishni oldini olish bo‘yicha normalarni kiritishni taklif qilmoqdalar.

Bugungi kunda mamlakatda 4 mingdan ortiq xususiy uy joy mulkdorlar shirkatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan 32,4 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Hozirgi kunda uy joy bilan ta’minlanish darajasi bo‘yicha bir nafar odamga o‘rtacha 15,2 kvadrat metr to‘g‘ri keladi. 1991-yilda bu ko‘rsatkich 12,4 kvadrat metrni tashkil qilgan edi.

2017 yil yanvar-iyun oyida uy joy qurilishi sohasida 5,1 trillion so‘mlik mablag‘ o‘zlashtirildi.

Yangiliklar lentasi
0