TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston qonunchilikda juda qiziq norma paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, o‘zlariga ajratilgan yer uchastkalarning obodonlashtirishiga yetarli darajada e’tibor bermagan yer egalariga yer solig‘i to‘lovning yuqori stavkasi qo‘llaniladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.
Endilikda soliq organlari yakka uy joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarni tartibga solishga yetarli e’tibor qaratmagan yer egalari yagona yer solig‘ining yuqori — uch barvar stavkasi qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, bu qoida qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan yer egalariga ham qo‘llaniladi.
Bu yangilik O‘zbekiston prezidentining "Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, yagona yer solig‘i to‘lovchilari jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridir. Bugungi kunda yagona yer solig‘ining stavkasi qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorini tashkil qiladi.
2022 yilning 1-yanvaridan boshlab ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ymagan fermer xo‘jaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.
Yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalar huquqlarning bekor qilinishigacha bo‘lgan qat’iy javobgarlik choralari ko‘riladi.