Atambayev: Qozog‘iston o‘zining prezidentlikka nomzodini bizga tiqishtirishga harakat qilyapti

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Almazbek Atambayev qozoq hukumatini Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashuvda aybladi

TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Qozog‘iston rahbariyatini mamlakatda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan saylovlarga ta’sir o‘tkazishga urinishda aybladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston TIV: Nazarboyev Qirg‘iziston ichki ishlariga aralashmoqda
Shanba kuni Qirg‘iziston davlat mukofotlarini topshirish marosimida Almazbek Atambayev, Qozog‘istonning hatti-harakatlariga qaramay, mamlakatda adolatli saylovlarni o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.

"Men qozoq hukumati nima uchun o‘z nomzodini bizga tiqishtirishga harakat qilayotganini tushunaman. Ular Boqiyevni yaxshi ko‘rishadi (Qirg‘izistonning sobiq prezidenti — tahr.). Boqiyevlar hanuzga qadar Qozog‘istonda bayramlar o‘tkazishadi", — deb aytgan Almazbek Atambayev.

Joriy yilning 19-sentabrida Qozog‘iston prezidenti Qirg‘iziston prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygan Omurbek Babanov bilan uchrashganidan so‘ng Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ushbu uchrashuv bo‘yicha Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yuborgan edi.

Qirg‘iziston tomonidan ushbu uchrashuvning Qozog‘istonda keng yoritilishi Qirg‘iziston xalqi tanloviga ta’sir o‘tkazish hamda Qirg‘iziston Respublikasining ichki ishlariga aralashishga urinish sifatida baholangan.

Qirg‘iziston rahbari qozog‘iston boyliklari o‘marib ketilayotganini va Qozog‘istonga qo‘shni davlatdagi demokratik o‘zgarishlar yoqmayotgani haqida bayonot qilgan.

Mujchina schitayet dengi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda saylovoldi fitnalar boshlandi
"Olma-Ota YaIMi Qirg‘izistonning jami YaIMidan 5 barobar ko‘p. Qozog‘iston YaIMi Qirg‘iziston YaIMidan 20-marta ko‘p. Qozog‘iston yalpi mahsulotlari Qirg‘izistonnikidan 210-marta ko‘proq. Nega unda Qozog‘istondagi pensiyalar 10 barobar emas, 1,5 barobar ko‘p?", — deb savol bergan Atambayev.

"Agar bizning qo‘shnilarimiz o‘zlariga kelib olishmasa men boshqacha gapiraman. Men haqparvar prezident sifatida namuna ko‘rsatganimdan faxrlanaman", — xulosa qilgan Atambayev.

Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovlari 15-oktabrda bo‘lib o‘tadi. Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga muvofiq Atambayev takroran prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsata olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0