Rasmiy xabar: AQSh YuNESKO a’zoligidan chiqmoqda

© Commons.wikimedia / AgnosticPreachersKidGosudarstvenniy departament SShA
Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh ortidan Isroil davlati ham zudlik bilan YuNESKOni tark etish qarorini qabul qildi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari 2018-yilning 31-dekabriga qadar YuNESKOdagi a’zoligini saqlab qoladi, 2019-yildan boshlab esa ushbu xalqaro tashkilotda kuzatuvchi maqomiga o‘tadi, deb bayonot berdi AQSh Davlat Departamenti.

Navro‘z bayramini nishonlash - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘z YuNESKO nomoddiy boyliklari ro‘yxatiga kiritildi
"Bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi. Unda YuNESKOdan qarzi (a’zolik ba’dali bo‘yicha — tahr.)o‘sib borayotgani tufayli AQShning tashvishga tushgani, tashkilotda fundamental islohotlar zarurligi hamda YuNESKOda davom etayotgan Isroilga qarshi tarafkashliklar ifoda o‘z aksini topgan", — deyiladi bayonotda.

Rossiya prezidenti Dmitriy Peskov AQShning YuNESKO a’zoligidan chiqishini qayg‘uli xabar, deya izohlagan.

Rossiya Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Leonid Sluskiyga ko‘ra, AQShning YuNESKOdan chiqishi dunyo madaniy meroslari sohasida ko‘p yillik jahon an’analarini inkor etishini anglatadi.

"AQShning YuNESKOdan chiqishi omillari juda g‘alati. YuNESKO — madaniy qadriyatlarni himoya qiladigan xalqaro tashkilot. Tub negizini olib qaraydigan bo‘lsak, bu BMT madaniy o‘lchovi. YuNESKOning eng muhim masalasi jahon madaniy merosini saqlab qolish hisoblanadi", — deb aytgan Sluskiy jurnalistlarga payshanba kuni.

"AQShning bu tashkilotdan chiqishi ushbu sohadagi ko‘pyillik jahon an’analarini inkor etishni bildiradi. Hech bir miliy omil bu qarorni qabul qilishga turtki bo‘la olmaydi. Tushunarsiz. G‘alati. Va juda afsusli", — deb ta’kidlagan u.

Isroil davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham AQSh bayonotidan keyin o‘z mamlakatini YuNESKO tarkibidan chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Mladshaya doch prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova YuNESKOdagi faoliyatini yakunlaydi
Bosh vazir Isroil TIViga tegishli topshiriqlarni bergan. Netanyaxu prezident Donald Trampning YuNESKOdan chiqish haqidagi qarorini olqishlab, unga "dadil va yuksak ma’naviyatli qaror" deya izoh bergan.

"YuNESKO bema’nilik teatriga aylanib qoldi. Tarixni saqlab qolish o‘rniga, YuNESKO uni buzib ko‘rsatmoqda", — deb xabar qilgan Isroil hukumati rahbariyati devonxonasi.

"AQSh Isroilning YuNESKOda ta’qib qilinayotgani tufayli ushbu tashkilotdan chiqayotganidan so‘ng, mening fikrimcha, ular bilan zudlikda bu tashkilotdan chiqish kerak" — deb qayd etgan o‘zining  Facebookdagi sahifasida Isroil davlatining YuNESKOdagi elchisi Karmel Shama-Koen.

Yangiliklar lentasi
0