Navro‘z YuNESKO nomoddiy boyliklari ro‘yxatiga kiritildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNavro‘z bayramini nishonlash
Navro‘z bayramini nishonlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YuNESKO Sharq va Osiyo mamlakatlarning kollektiv taklifi ko‘rib chiqib Navro‘z bayramini insoniyat nomoddiy boyliklari reprezentativ ro‘yxatiga kiritishga qaror qildi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. YuNESKO davlatlararo qo‘mitasining 11 sessiyasida Navro‘z bayramini Insoniyat Nomoddiy boyliklar ro‘yxatiga kiritish haqida qaror qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Navro‘z bayramini ushbuy ro‘yxatga kiritish haqida kollektiv ariza bir guruh mamlakatlar — O‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turmaniston va Turkiyadan kelib tushgan edi. Ushbu mamalkatlarning barchasida 21-mart kuni eski taqvim bo‘viycha Yangi yil kutib olinadi. Bayramning nomi turli tillarda biroz farq qiladi: Navro‘z,

Novruz, Nav-vraz, Neoroz, Nauriz, Nooruz, Navrӯz, Nevruz yoki Navruz.

Bayramni nishonlash vaqtida turli milliy urf-odatlar amalga oshiriladi, aynan shu bayramga mo‘ljallangan taomlar pishiriladi, odamlar bir-birining uyiga mehmonga boradi, turli jamoat tadbirlari va ko‘ngilxushliklar tashkil qilinadi.

Moskva - Navro‘z muborak!

O‘zbekistonda ushbu bayram kunlari sumalak va halim kabi taomlar tayyorlanadi va qo‘ni-qo‘shnilar bilan birgalikda baham ko‘riladi. Bayram dasturxonida esa ular asosiy taom bo‘ladi. Ushbu taomlar Navro‘z bayramida uch ming yil oldin tayyorlana boshlagan.

Undan tashqari 21-mart kuni tug‘ilgan qizaloqni Navruza, o‘g‘il bolani esa — Navro‘z deb atashadi. Navro‘z kuni barcha qarindoshlar, yolg‘iz kishilar holidan xabar olinadi. Do‘stu birodarlar bilan uchrashib birgalikda xursandchilik bilan bayram kutib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0