Lola Karimova YuNESKOdagi faoliyatini yakunlaydi

© CA-NEWSMladshaya doch prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva
Mladshaya doch prezidenta Uzbekistana Lola Karimova-Tillyayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Lola Karimova bir necha jamoat fonlari rahbari hamda O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi prezidenti lavozimlprida ishlab kelmoqda.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidentining kenja qizi Lola Karimova YuNESKOdagi faoliyatini yakunlaydi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston24” telekanali.

"Yaqin kelajakda oilam, shaxsiy maqsad va loyihalar, shuningdek, Islom Karimov nomidagi fonddagi ishlarim, yangi ijodiy, madaniy va xayriya loyihalari sababli YuNESKOning vakili bo‘lishdan voz kechaman", – dedi Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston madaniy-ilmiy merosiga bag‘ishlangan anjumanda.

Eslatib o‘tamiz, Lola Karimova ayni damda “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi vazifalarini bajarib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0