O‘zbekiston hukumati mehnatkash dehqonlarni taqdirlaydi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda "Ilg‘or fermer", "Mehnatkash dehqon" va "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishonlari ta’sis etiladi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonda eng ilg‘or dehqonlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Fermerlar uchun yangi qonun: yo ishla, yo yerni bo‘shat
Bu haqda O‘zbekiston prezidentining "Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida e’lon qilindi.

"Dehqonchilik madaniyatini oshirishda munosib hissa qo‘shgan va ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishgan fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalariga taqdim etiladigan "Ilg‘or fermer", "Mehnatkash dehqon" va "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishonlari ta’sis etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda "Ilg‘or fermer", "Mehnatkash dehqon" va "Namunali tomorqachi" ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin", — deyilgan hujjat matnida.

Yangiliklar lentasi
0