BMT eksperti O‘zbekistonda diniy erkinlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga baho berdi

© SputnikSpetsialniy dokladchik Soveta OON po pravam cheloveka po voprosu o svobode religii ili ubejdeniy A.Shaxid
Spetsialniy dokladchik Soveta OON po pravam cheloveka po voprosu o svobode religii ili ubejdeniy A.Shaxid - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT eksperti Ahmed Shahid O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi yakunida "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, jumladan din yoki e’tiqod erkinligi asosida bo‘lishi kerak", - deya xulosa berdi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston tarixda birinchi marotaba ekstremizmga qarshi kurashga bag‘ishlangan alohida bir qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

25-letie vstupleniya Uzbekistana v OON - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma’ruzachisi keladi
O‘zbekistonda "Ekstremizmga qarshi kurash" haqida qonun chiqarilishi haqida bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani davomida BMTning Din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmed Shahid ma’lum qildi.

Shahid o‘z chiqishi davomida, O‘zbekiston qabul qilishni rejalashtirayotgan yangi qonunda "ekstremizm", "ekstremistlik faoliyati", "ekstremistik tashkilot" kabi hamda boshqa atamalarga aniqlik kiritilishiga umid bildirdi.

Ahmed Shahid O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi yakunida "O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, jumladan din yoki e’tiqod erkinligi asosida bo‘lishi kerak", — deya xulosa berdi.

"Ko‘plab etnik va diniy jamoalar birgalikda tinch yashayotgan O‘zbekistonda dinlar yoki e’tiqodlarga tahdid sifatida qaralmasligi lozim.

Prazdnovanie Dnya rojdeniya Proroka Muxammeda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston oliygohlarida "Dinshunoslik" fani paydo bo‘ldi
Diniy ekstremizmga qarshi kurash din yoki e’tiqodlarning xilma-xilligi, jumladan uning erkinligini barqarorlashtirish asosida qurilishi kerak". — deya ta’kidladi.

BMT ekspertining so‘zlariga ko‘ra, hukumat amaldagi tartib-qoidalarni xalqaro standartlarga moslashtirish uchun joriy islohotlarda din yoki e’tiqod erkinligi sohasiga ko‘proq mablag‘ sarflashi kerak bo‘ladi.

Maxsus ma’ruzachi "Zo‘ravonlik ekstremizmning oldini olish yoki unga qarshi kurashish yo‘lida din yoki e’tiqod erkinligi huquqi qurbon qilinmasligi kerak", — deya ogohlantirdi.

Yangiliklar lentasi
0