TAShKENT, 5 okt — Sputnik. Yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston oliygohlarida "Dinshunoslik" fani paydo bo‘ldi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotriga ko‘ra, oldin o‘quv dasturlarida "Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik" nomli fan bo‘lardi, lekin 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab Dinshunoslik fanini, o‘z dasturiga va qo‘shimcha o‘quv soatlariga ega bo‘lgan, alohida fan sifatida ajratishga qaror qilishgan.
Ushbu fanni maktablarda o‘tish haqida ham yangiliklar bor. Ushbu o‘zgarishlar ayrim maktablarning 11-yillik ta’lim tizimiga o‘tishiga ham bog‘liq.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoni diniy ilimlarga asoslanmagan, chunki O‘zbekistonda ushbu sohada davlat siyosati yosh avlodni insonparvarlik va demokratiya ruhida tarbiyalashga va dunyoviy uslubdagi ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan.
Bugungi kunda 8,9,10 va 11 sinflar o‘quv dasturida "Dunyo dinlari tarixi" fani mavjud bo‘lib u din, jamiyat, ta’lim tushunchalarining ma’nosini o‘quvchilarga yetkizadi. Shuningdek u O‘zbekistonda dinga bo‘lgan munosabat, tinchlikka tahdid, Internet va din, dining bag‘rikenglik va diniy ta’lim masalalari haqida tushuncha beradi.
Kollej va litseylarda, ham "Ma’naviyat asoslari", "Diniy ekstremizmga va fundamentalizmga qarshi kurash" kabi fanlar o‘tiladi. Ularda jamiyatdagi diniy munosabatlar, bag‘rikenglik, fuqarolik va umuminsoniy qadriyatlar haqida hikoya qilib beriladi.