O‘zbekistonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotuvchi yirik guruh qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Maxsus tadbir chog‘ida jami bo‘lib 5208 dona "lirika" va 1043 dona tramadol tabletkalari musodara qilindi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati vrach retseptisiz sotish taqiqlangan kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni tarqatish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazdi.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda giyohvand moddalar tayyorlangan bangixona aniqlandi

Kuch ishlatish tizimi vakilining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, farg‘onalik fuqarolar – ilgari sudlangan Zohid Masodiqov, uning onasi, ilgari to‘rt marta sudlangan Orzu Masodiqova va ularning sherigi Baxtiyor Ahmedov 1208 dona "lirika" va 1000 dona tramadol tabletkalarini 14 million so‘mga sotayotganida qo‘lga olindi.

Surishtiruv chog‘ida Zohid Masodiqov va Orzu Masodiqova mazkur dorilarni Baxtiyor Ahmedovdan keyinchalik sotish uchun sotib olishgani ma’lum bo‘ldi. Baxtiyor Ahmedovning o‘zi esa tergovni chalg‘itish maqsadida kuni kecha Qo‘qondan kelganini, dorilarni Zohid Masodiqovning iltimosi bilan Toshkentda Temur ismli shaxsdan sotib olganligini aytdi.

O‘zbekistonda tabletka giyohvandligiga ruju qo‘yganlar ko‘paymoqda

"Tezkor xodimlar Ahmedov ancha vaqtdan buyon Toshkentda yashashini va poytaxtga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini yetkazib beruvchilardan ekanligini aniqlashdi. Uning Mirobod tumanidagi yashash joyi ko‘zdan kechirilganida, u yerda yana 4 ming dona "lirika" tabletkasi, 43 dona tramadol tabletkasi, 96,9 million so‘m hamda hisob-kitob yuritilgan ikkita daftar topildi", — dedi kuch ishlatish tizimi vakili.

Maxsus tadbir chog‘ida jami bo‘lib 5208 dona "lirika" va 1043 dona tramadol tabletkalari musodara qilindi. Ularning umumiy qiymati 80,2 million so‘mdan oshadi. Surishtiruv chog‘ida Baxtiyor Ahmedov bu dorilar uchun sertifikat va ularni O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat beruvchi hujjatlarni ko‘rsata olmadi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 246- (kontrabanda) va 251- (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Yangiliklar lentasi
0