O‘zbekiston yoshlarini eng tashvishlantiradigan muammolar ma’lum bo‘ldi

© Stranitsa "Kamolot" v FacebookAktivisti molodejnogo dvijeniya "Kamolot"
Aktivisti molodejnogo dvijeniya Kamolot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yoshlari oldidagi eng keskin muammolar ishga joylashish, oliy o‘quv yurti, kollej, litseyga o‘qishga kirish, moddiy ahvolni yaxshilash, uy-joy muammosi ekan

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston yoshlarini diniy ekstremizm, jinoyatchilik, giyohvandlik singari illatlar ko‘proq tashvishlantiradi. Bu haqda tadqiqot natijalariga tayanib "Vatanparvar" gazetasi ma’lum qildi.

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar Ittifoqi mardikor bozorlaridagi yoshlar haqida axborot berdi

Ma’lum bo‘lishicha, so‘rovnoma qatnashchilarining 76,5 %i oliy ma’lumot olishni istaydi.

Kasblar borasida esa birinchi o‘rin pedagogik, ikkinchi o‘rin tibbiy, uchinchi o‘rin esa moliya bilan bog‘liq mutaxassisliklar ekanligi oydinlashdi.

So‘rovnomada ishtirok etganlarni yoshlar o‘rtasidagi diniy ekstremizm (52,1 %), jinoyatchilik (47,5 %), giyohvandlik (36,7 %) singari illatlar ko‘proq tashvishlantirar ekan.

Shuningdek, amaldorlarning burokratizmi (24,9 %), ijtimoiy adolatsizlik (23,5 %), aholi turli tabaqalari o‘rtasida daromadlarning oshib ketishi (21,3 %), guruhbozlik va mahalliychilik (17,9 %) hamda mahalliy hokimiyat idoralarining qonunlarni mensimasligi (14 %) kabi ijtimoiy illatlar ham yoshlarda tashvish uyg‘otgan.

Alisher Sa’dullayev, Xalq vaziri o‘rinbosari - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Sa’dullayev yoshlarga yetakchi qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatdi

O‘zbekiston yoshlari oldidagi eng keskin muammolar esa ishga joylashish (79,2 %), oliy o‘quv yurti, kollej, litseyga o‘qishga kirish (38,1 %), moddiy ahvolni yaxshilash (35,7 %), uy-joy muammosi (24,6 %) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Yoshlar xalq qudratini belgilovchi omillar deganda birincha navbatda iqtisodiyotni (70,1 %) tushunishadi. Keyingi o‘rinlarda siyosat (52,9 %), armiya (49,6 %), ma’naviyat (45,5%) va ilm-fan (39,2 %) degan javoblar joylashdi.

Yoshlar nazarida Vatan – "inson tug‘ilgan joy" (55,5 %), "o‘zi o‘sgan uy, mahalla" (25,5 %), "mustaqil O‘zbekiston" (18, 4 %) bo‘lib, ular vatanparvarlik deganda "Vatanga muhabbat" (71 %), "Vatanga fidokorona xizmat qilish" (60,2 %) va "Vatan himoyasiga tayyorlik"ni (43,9 %) tushunishadi.

Yangiliklar lentasi
0