TOShKENT, 20 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘z jamoasiga eng sara yosh yetakchilarni jalb qilish maqsadida Samarqand shahrida yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, o‘quv-seminar trening o‘tkazdi.
Prezident bizga juda katta imkoniyatlar berdi, u kishi biz, yoshlarga, ishondi, ishonch esa — bu katta qarz, buni unutmasligimiz kerak, deb ta’kidladi trening davomida Sa’dullayev.
So‘ngra prezident topshirig‘iga ko‘ra yoshlar takliflarini o‘rganayotganini ma’lum qildi. Samarqand — Sa’dullayev 3 kun ichida tashrif buyurayotgan yettinchi viloyat bo‘ldi.
Xalq vaziri o‘rinbosari yosh yetakchilarni ma’rifatsizlikka qarshi kurashishga chorladi. Ularga bolaning ichiga kirib, u bilan dildan suhbatlashishni maslahat berdi va "Bolaga jurnal bering, ko‘rasiz, shu birgina jurnal orqali uning dunyoqarashi shu bugunoq o‘zgarishi mumkin", — dedi.
Seminar davomida vazir o‘rinbosari o‘z shaxsiy tajribasidan ko‘plab misollar keltirdi.
Sa’dullayev yetakchilar yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak, deya uqtirdi.
2017 yilning iyul oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tajriba tariqasida, Xalq ta’limi vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlagan.
Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (sobiq "Kamolot") ning IV Qurultoyida so‘zga chiqib, O‘zbekistonda yoshlarga til o‘rgatish istiqbollari haqidagi o‘z mulohazalarini Shavkat Mirziyoyevga yetkazgan edi.