Yoshlar Ittifoqi mardikor bozorlaridagi yoshlar haqida axborot berdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoshlar Ittifoqi tashkilotining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida mardikor bozorlaridagi yoshlar faoliyati o‘rganilgani haqida axborot berildi. Xabarga ko‘ra, mardikor bozoridagi aksariyat yoshlarda kasb-hunar kolleji diplomi mavjud. Ammo kollej diplomi bilan hech qayerga ishga kira olmagan yoshlar mardikorchilik qilishga majbur bo‘lishmoqda

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa hamda Shayxontohur tumanlarida mavjud bir martalik ish berish burolarida mehnat qilayotgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazdi, deb xabar qilindi tashkilotning Feysbukdagi rasmiy sahifasida.

"Bugungi kunda mardikor bozorlarida yoshlarning mehnat faoliyati rasmiylashtirilmagan. Mavsumiy ishlarda ishlovchi yoshlarning huquqlarini to‘la darajada himoya qilib bo‘lmaslik holatlari mavjud.

Suhbatlar davomida bir martalik ish berish burolarida ishlayotgan yoshlar uchun kunlik ish haqqi yengil ishlar uchun 50 ming so‘mdan boshlanib, og‘ir ishlar uchun 100 ming so‘mgacha belgilanganligi aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Paxta terimiga jalb qilingan yoshlar mehnati ish staji sifatida hisobga olinyapti
Jumladan, Yashnobod tumanidagi vaqtinchalik ishlarni tashkil etish burosida 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 40 nafarni tashkil etgan.

Ta’kidlanishicha, aksariyat yoshlarda kasb-hunar kolleji diplomi mavjud, ammo kollejni bitirgandan keyin hech qayerga ishga kira olishmaganligi uchun shu yerda vaqtinchalik ishlamoqda. 36 nafar mavsumiy ishchilar Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatda turmaganligi sababli, Yashnobod tumani IIB xodimlari bilan ko‘plab e’tiroz va muammolar kelib chiqayotganligini bildirishgan.

Uchtepa tumanida yollanma ishchilar (mardikor)ning aksariyati Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan ekanligi aniqlangan. Tumanda ishlab chiqarish korxonalari kamligi sababli Toshkent shahriga kelib mardikorchilik qilishmoqda.

Yoshlar yashash sharoitlari qoniqarli emasligi, bitta kvartirada 6-15 tacha bo‘lib yashashlarini, yaxshi ish topish mushkulligini, agarda, ular ham o‘zlari yashaydigan joylarda ish bilan ta’minlansalar, uylariga qaytishga tayyorligini aytishgan.

Yangiliklar lentasi
0