Tungi Toshkentda cho‘ntakda millionlab pullar bilan sayr qilish sarguzashtlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Men Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga davlat tashrifini yoritish maqsadida Toshkentga keldim. Atigi 23 soat ichida bo‘lgan tashrif davomida, ushbu shahar menda unutilmas taassurotlarni qoldirdi" — deb ta’kidladi Sputnik Qirg‘iziston kolumnisti Bakit Tolkanov.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Sputnik Qirg‘iziston kolumnisti Bakit Tolkanov uni Toshkentda qanday kutib olishganligi va unda poytaxt, uning aholisi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev s suprugami - Sputnik O‘zbekiston
Kortej, "Manas" va bitimlar - Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi

Toshkent, an’anaga ko‘ra, har doim avval Samarqand va Buxoro, keyinchalik XIX asrda Qo‘qon ortidan soyada bo‘lgan. Lekin XX asrda Toshkent oldinga chiqib, O‘zbekiston poytaxti bo‘ldi. Endi bu shahar Markaziy Osiyoning aholisi ko‘p bo‘lgan yirik shaharlardan biridir. Uni mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy markaz sifatida tan olish mumkin.

"Men Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga davlat tashrifini yoritish maqsadida Toshkentga keldim. Atigi 23 soat ichida bo‘lgan tashrif davomida, ushbu shahar menda unutilmas taassurotlarni qoldirdi" — deb ta’kidladi Sputnik Qirg‘iziston kolumnisti Bakit Tolkanov.

Millionlarning millioni

Toshkentda qariyb 2,3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ulardan ko‘pchiligi million-million pullar bilan ish qilishadi. Mahalliy aholi vakillari kuniga o‘n va yuz ming so‘m miqdordagi pullardan foydalanishadi, chunki 1 dollar 8 ming so‘mga tengdir. Masalan, bir dona magnit esdalik sovg‘achasini 4 ming so‘mga sotib oldim. Shubhasiz, bunday raqamlar qirg‘izistonliklarni shok holatiga soladi.

— 3500 so‘mni shu xxxxxxxxxxx raqamga tashlab qo‘ying — beparvolik bilan aytilgan murojaatlarni bir necha marta kichik do‘konlarda eshitib qoldim.

Obyatiya Atambayeva i Mirziyoyeva i sveti ot devushek — kadri iz Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevni aeroportda kutib oldi

Men shu ohangda 20-30 qirg‘iz somni telefon hisobiga yuklab qo‘yishni so‘rayman. Aytganday, ma’lum bo‘lishicha, 3500 so‘m va 30 qirg‘iz so‘mi — dollar ekvivalentida bo‘lgan pullardir.

Masalan, 1 million 200 ming so‘mga mehmonxonada ikki kishilik joy olsa bo‘ladi. Bunday raqamlar haqida "Grand otel" va "Rits" mehmonxonalari bilmasa kerak.

"Hozir sizga ancha qulay, 5 va 10 ming so‘mli pul kupuralari bor, yaqinda besh yuz mingliklar chiqdi. Qachonlardir eng katta pul birligi — bir ming so‘m bo‘lgan. Hozirgacha ushbu raqamlarga ko‘nika olmayapman" — deb ta’kidladi Toshkentda uzoq vaqtdan berish istiqomat qiluvchi qirg‘izistonlik ayol.

"Karimov" yo‘lidan prezident saroyigacha

Islom Karimov aeroportidan "Ko‘ksaroy" prezident qarorgohigacha yo‘l barcha talablarga javob beradi. Ushbu yo‘l juda tekis va keng. To‘g‘risi, saroydan ortga qaytish yo‘li odatiy bo‘ldi — biz boshqa yo‘l bilan ketdik, "jonajon" o‘nqir-cho‘nqirlar bilan. Yo‘l yaxshigina silkitdi. Shoir buni "asfalt to‘lqinlari" deb atagan bo‘lar edi, men bunga boshqa o‘xshatish tanlagan bo‘lar edim.

Lekin tan olish kerakki, keng yo‘llar hisobiga avtomobil tirbandliklarni ko‘rmadim. Buni bizga hamroh bo‘lganlar ham tasdiqladilar.

Men qora bozorni qidirdim

Menda yuz ming so‘m pul bo‘lishiga qaramasdan, ushbu pullar tugab qoldi va mehmonxona turar joyiga to‘lash uchun qolmadi. Tungi sayirga bir so‘m ham qolmadi.

Oxir-oqibat pul almashtirish muammolari yuzaga keldi — banklar soat 22-00gacha ishlashadi, yagona almashtirish shahobchasi juda uzoqda. Do‘kon ishchilariga murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Ular menga yordam berishni istashmadi. Vatanparvalik bo‘yicha ularga ta’sir qilish to‘g‘ri keldi.

— Uchib ketish erta tongda, men esa pullarni almashtirishga ulgurmayapman. Axir men oila a’zolarim va hamkasblarimni O‘zbekistondan esdalik sovg‘alar va mazali shirinliklar bilan xursand qilmoqchi edim. Men ular sizning mamlakatingizda bo‘lmay turib, faqat do‘stona fikrda bo‘lishlarini istayman" — dedim mayus holda.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston - Qirg‘iziston muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda

Bir necha daqiqatdan so‘ng menda valyuta olibsotarning nomeri yozilgan varaqni berishdi. Lekin men qonunni buzmaslikka qaror qildim va qonuniy yo‘l bilan pulni almashtirdim. Yosh yigitlar oldida uyatli bo‘ldi. Ular mamlakatlari haqida yaxshi taassurot qolishi uchun qonunbuzilishga borishdi. Aytgancha, yaqinda joriy etilgan konvertatsiya rasmiy va noqonuniy kursni tenglanishtirib qo‘ydi. Agarda undan oldin, men qonuniy yo‘l bilan valyuta almashtirganimda qora bozorga nisbatan ikki baravar kam pul olar edim.

O‘zbekiston mahsulotlarini qidirib

Cho‘ntakda million pullar bilan, men sovg‘alar olish maqsadida yaqindagi do‘kon tomon yo‘l oldim. To‘g‘risini aytganda mening tanlovim muvaffaqiyatsiz bo‘ldi: bu maxsus ixtisoslashtirilgan do‘kon bo‘lib chiqmadi. Bu oddiy market ekan. Lekin hammasini Sanjar ismli yigit to‘g‘riladi. Men uni mahsulotlarni tahlayotganda ishidan chalg‘itdim. U yigit meni diqqat bilan eshitib, menga mahalliy shirinliklar kerakligini tushunib oldi. Savdo rastalardan birma bir o‘tkazib, ulardagi mahsulotlar bilan tanishtirish chiqdi. Umuman olganda, yarim soat ichida qurutilgan mevalar, esdalik magnitlari va xol va sotib oldim.

Shuningdek, Sanjar chegirma qilib berdi va meni ekishgacha kuzatib qo‘ydi. Mamnun bo‘lgan mijoz sifatida oxirida selfi rasmga tushdik. Omad senga Sanjar!

Toshkentga yana albatta kelaman

Afsuski, tashrif vaqtining katta qismida men ishladim, shuning uchun Toshkent bilan tanishib chiqish imkoni bo‘lmadi. Bu menga juda yoqqan shaharga yana bir bor tashrif buyurish uchun eng yaxshi bahonadir.

Yangiliklar lentasi
0