Mirziyoyev Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i patriarxa Kirilla
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i patriarxa Kirilla - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill O‘zbekistonda Rus pravoslav cherkovi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ko‘mak, xristian diniga e’tiqod qiluvchilarning to‘laqonli ma’naviy hayoti yo‘lida yaratilgan sharoitlardan g‘oyat xursand bo‘lganini ta’kidladi

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-sentabr kuni Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirillni qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali matbuot-xizmati.

O‘zbekiston rahbari yuqori martabali mehmonni qutlar ekan, Rus pravoslav cherkovi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va do‘stona aloqalarni mustahkamlashda muhim voqea ekanini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Patriarx Moskovskiy i vseya Rusi Kirill - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill tashrif buyuradi
Patriarx Kirillning tashrifi ikki mamlakatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda ekstremizm, terrorizm va radikalizm kabi global xavf-xatarlarga qarshi kurashish maqsadida konfessiyalararo muloqotni yanada mustahkamlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodga ta’lim va ma’naviy-ahloqiy tarbiya berish masalalari muhokama qilindi.

Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill millatlararo tinchlik-totuvlik, turli din vakillari o‘rtasida do‘stlik va mehr-oqibatni mustahkamlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat hamda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdi.

O‘zbekistonda Rus pravoslav cherkovi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ko‘mak, xristian diniga e’tiqod qiluvchilarning to‘laqonli ma’naviy hayoti yo‘lida yaratilgan sharoitlardan g‘oyat xursand bo‘lganini ta’kidladi.

Patriarx Kirill Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda O‘zbekistonga tashrif tadbirlarga boy dastur asosida tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Rus pravoslav cherkovi O‘zbekiston — Rossiya munosabatlarini mustahkamlashda bundan buyon ham faol ishtirok etish, ma’naviy qadriyatlarimizni boyitish, xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga ko‘maklashishga tayyor ekani qayd etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0