TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Samarqand viloyati hokimiyati tomonidan tashkil qilingan qabulda, Butun Rus patriarxi Kirillga “O‘zbekiston” markali kagor vinosi sovg‘a qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Ushbu kagor vinosini Cherkovda juda yaxshi bilishadi. Undan Sovet davrida ham hozir ham diniy marosimlarda foydalaniladi. Patriarx Kirillga, o‘zi tug‘ulgan 1946-yil vinosini sovg‘a qilishdi”, — dedi cherkov vakili.
Patriarx aytishiga qaraganda, ushbu vino uning uchun o‘tam muhim bo‘lgan marosimlardan biri vaqtida ishlatiladi.
Rossiya Cherkovi matbuot-kotibi "Rus Pravoslav Cherkovi uchun “O‘zbekiston” markali kagor vinosi Pravoslav cherkov marosimlarida ishlatilayotgan vinolar orasida eng sifatlilaridan biri hisoblanadi", — dedi.
Nasroniylar urf-odatiga ko‘ra, kagor vinosi va non “Prichashenie” deb nomlangan marosimda vaqtida ishlatiladi. Ushbu marosim Iso Masih chormixga tortilishdan oldin barcha o‘quvchilarini vino va non bilan mehmon qilganining ramzi sifatida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Patriarx Kirill O‘zbekistonga 29-sentabr – 2-oktabr kunlari tashrif amalga oshirmoqda. Butun Rus cherkovlari patriarxi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samarqandda Patriarx Kiril O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov qabrida bo‘ldi va Xo‘ja Doniyor maqbarasini ziyorat qildi. Xo‘ja Doniyor nasroniy dinida ham payg‘ambar hisoblanadi. Uni – Svatoy Daniil deb atashadi.