TOShKENT, 5 okt — Sputnik. AQSh tuzilmalari tomonidan Rossiya OAVlariga nisabatan "Misli ko‘rilmagan va sababsiz bosim" ko‘rsatilishiga javoban Rossiyada faoliyat yuritayotgan amerikalik jurnalistlarga nisbatan "xuddi shunday" cheklovlar joriy qilinadi, deb xabar qildi "Interfaks" nashriga hukumat hukumat vakili.
"Ushbu cheklov Rossiyada faoliyat yuritayotgan barcha amerikalik jurnalistlarga tegishli bo‘lishi mumkin", — dedi suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz, AQSh demokratik partiyasi vakili Devid Sisilline Russia Today telekanalini "chet el agenti" sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish taklifi bilan chiqqan edi. Undan tashqari FRB "Sputnik" axborot agentligining sobiq xodimi Endryu Faynbergni so‘roq qilgan.
"Rossiya OAVlariga nisbatan qo‘yilgan har bir qadam tengma-teng javobini topadi", dedi O‘z navbatida Rossiya TIVi rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytishiga qaraganda, Kreml rossiyalik jurnalistning FRB tomonidan so‘roq qilinishidan xavotirda ekanligini va ushbu holat AQShda senzura va OAVlar faoliyatini cheklashda jiddiy muammolar borligini ko‘rsatishini aytdi.
Peskov aytishiga qaraganda Rossiyada chet el jurnalistlari senzura yordamida yoki xabarlar mazmuniga ko‘ra ta’qib qilinmaydi. "Undan tashqari chet el OAVlariga bizning OAVlar kabi mutlaq teng huquqlar berilgan. AQShdagi holat esa, bizni xavotirga solmoqda", — dedi Peskov.
Russia Today telekanali rahbari Margarita Simonyan, o‘z navbatida ushbu choralar kanal faoliyatida ma’lum cheklovlarga va oxir oqibat kanal yopilishiga olib kelishi mumkinligini xabar qildi. "Bu esa hech bir tomon uchun foydali bo‘lmaydi", — dedi Simonyan telekanal saytida.