Sputnik bosh muharriri: bizni yolg‘onchilikda ayblaganlar sudda javob beradi

Obuna bo‘lish
Sputnik axborot agentligi va Russia Today telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Fransiya prezidenti tomonidan qo‘yilgan ayblovlarni inkor qildi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Sputnik Bosh muharriri Margarita Simonyan Fransiya yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makronning ayblovarini puchga chiqardi.

“Russia Todayda birorta ham yolg‘on xabar bo‘lmagan. Bunga hech qanday dalil yo‘q.  Biz axborotga juda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lamiz, chunki buning uchun bizni qo‘limizdan, oyog‘imizdan tutishlarini bilamiz”,- dedi Simonyan. 

"Agar Makronga quloq soladigan bo‘lsak, Rossiyadan barcha G‘arb jurnalistlarini quvib chiqarish kerak, chunki ular har doim Putinga qarshi bo‘lib, muxolifat foydasiga tashviqot qilishadi. Shunday yo‘l bilan ular bizning saylov jarayonimizga aralashmoqchi bo‘lishadi.

Biz esa, Makronning yonini ham olganimiz yo‘q, unga qarshi ham bo‘lganimiz yo‘q. Boshqa Fransiya nashrlari, hatto tinchlik kunida ham “O‘tinamiz, Makron uchun ovoz beringlar”  degan sarlavhalarda maqolalar chiqqan vaqtda biz – betaraflikni saqlab qolishga harakat qildik. Ana shuning uchun bizni “propaganda” qilishda ayblashdi.

Bizni teleekrandan turib butun mamlakat oldida “yolg‘on tashviqotchilar”degan ayrim odamlar o‘z so‘zlari uchun sud oldida javob beradi, chunki biz hech qachon yolg‘on ma’lumot tarqatmaganmiz. Buning isboti yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas”, – dedi Margarita Simonyan.  

Yangiliklar lentasi
0