O‘zbekistonda har bir kilogramm paxta uchun qo‘shimcha 100 so‘mdan to‘lanmoqda - OAV

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSborshiki xlopka na pole
Sborshiki xlopka na pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Har bir kilogramm paxta uchun belgilangan narxning o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirilgani terim mavsumiga uyushmagan yoshlar va aholini ixtiyoriy ravishda jalb qilishga xizmat qilmoqda

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida har bir kilogramm paxta uchun qo‘shimcha ravishda 100 so‘mdan pul to‘lanmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali O‘zAga tayangan holda.

Mujchini vo vremya sbora xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Quronboyev paxta rejasini bajarayotganlarga beriladigan imtiyozlar haqida gapirdi
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq 1-oktabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 500 so‘m, mashinada terilgan 1 tonna xomashyo uchun 260 ming so‘m haq to‘lanishi haqida xabar bergan edik.

Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga terimchilarga mehnat haqini har besh kunda, zarurat bo‘lganda esa har kuni to‘lash tavsiya etildi.

"Har bir kilogramm paxta uchun belgilangan narxning o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirilgani terim mavsumiga uyushmagan yoshlar va aholini ixtiyoriy ravishda jalb qilishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, mehnat resurslari yetishmaydigan hududlar — Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida har bir kilogramm paxta uchun qo‘shimcha ravishda 100 so‘mdan to‘lash tajribasi qo‘llanmoqda", — deyilgan xabarda.

Svetnoy xlopok - Sputnik O‘zbekiston
Volgogradda o‘zbekistonlik olim ishtirokida rangli paxta navi yetishtirildi
Yig‘im-terimni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat otradlar tashkil etildi. «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati terimchilar otradlari rahbarlarini paxta tozalash korxonalari bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilgani ham mavsum yangiliklaridan biri bo‘ldi.

Xabarda ta’kidlanishicha, "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki "O‘zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati tashkilotlariga terimchilar otradlari rahbarlariga o‘z vaqtida ish haqi to‘lash uchun 45 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratgan.

Yangiliklar lentasi
0