Volgogradda o‘zbekistonlik olim ishtirokida rangli paxta navi yetishtirildi

© Sdelano u nasSvetnoy xlopok
Svetnoy xlopok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rangli paxtaning oq paxtadan sifati bo‘yicha hech qanday farqi yo‘q, lekin kelajakda to‘qimachilik sanoati uchun uni bo‘yash uchun qilinayotgan xarajatlar kamayadi. Ayni damda dunyoda rangli paxta yetishtirish bilan faqat AQSh kompaniyalari shug‘ullanmoqda.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Volgograd Agrar universiteti o‘zining tajriba maydonida rangli paxta navini yetishtirdi, “Sdelano u nas” portali xabariga asosan.

Bog‘dorchilik va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi professori Oybek Kimsanbayev aytishiga qaraganda, universitet olimlari 10 xil rangli paxtani Volgograd iqlim sharoitida yetishtirishga harakat qilishgan. Tajriba natijasida paxtaning sakkiz xil rangi: xaki, ochiq jigarrang, sarg‘ish, yashil, qizg‘ish va to‘q qizil ranglarini Volgograd iqlimida yetishtirish mumkinligi aniqlangan.

© Nuz.uzOybek Kimsanbayev
Oybek Kimsanbayev - Sputnik O‘zbekiston
Oybek Kimsanbayev
Professor aytishiga qaraganda, paxta navlari tabiiy seleksiya yo‘li bilan yetishtirilgan. Ularni olish uchun hech qanday biotexnologik uslublar yoki gen injneriyasidan foydalanilmagan. Oybek Kimsanbayev aytishiga qaraganda izlanishlar davom etmoqda va hozircha paxtani sanoat masshtabida ishlab chiqarish haqida gapirishga hali erta.
O‘simlik moyi ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Paxta moyi tozalashning yangi usuli kashf etildi

Rangli paxtaning oq paxtadan sifati bo‘yicha hech qanday farqi yo‘q, lekin kelajakda to‘qimachilik sanoati uchun uni bo‘yash uchun qilinayotgan xarajatlar kamayadi. Ayni damda dunyoda rangli paxta yetishtirish bilan AQSh kompaniyalari shug‘ullanmoqda. O‘rta Osiyo, Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlarida asosan oq paxta yetishtiriladi.

Hozircha olingan paxta hosili asosan urug‘ fondi tashkil qilish uchun sarflanadi. Ushbu yil 1,5 ming gektar yerga yetadigan miqdorda paxta urug‘i olindi.

Yangiliklar lentasi
0