O‘zbekistonda IMEI kodsiz telefonlardan foydalanish ta’qiqlanadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novix smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve
Prezentatsiya novix smartfonov Nokia i i obnovlennoy Nokia 3310 v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday mexanizm dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, mobil qurilmalarini noqonuniy olib kirish va ulardan noqonuniy foydalanishga qarshi kurash uchun imkoniyat yaratadi

TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yil oxiriga qadar mobil qurilmalarni IMEI kod bo‘yicha majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning shu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Hujjatni 1-dekabrdan kuchga kiritish rejalashtirilmoqda.

Toshkentda arzon telefon uchun bosqinchi fuqaroni pichoqladi
 Qarorda mobil qurilmalardan noqonuniy foydalanish, ularni uchinchi shaxsga berish maqsadida, IMEI-kodlarni o‘zgartirish (klonlashtirish, ko‘paytirish, boshqasiga almashtirish) kabi xatti-harakatlarning qonunga zidligini belgilab qo‘yish taklif qilinmoqda.

IMEI-kodga ega bo‘lmagan mobil qurilmalardan foydalanayotgan abonentlarga mobil xizmatlarni ko‘rsatishni taqiqlash taklif qilinmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bunday mexanizm dunyoning ko‘plab mamlakatlarida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, mobil qurilmalarini noqonuniy olib kirish va ulardan noqonuniy foydalanishga qarshi kurash uchun imkoniyat yaratadi.

Qurilmalarni IMEI-kod bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi tarmoqlar va telekommunikatsiya vositalaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashni kuchaytirish, ular bilan bog‘liq o‘g‘irliklar sonini kamaytirish, bu turdagi jinoyatlarga qarshi tezkor choralarni amalga oshirishga yordam beradi.

IMEI-kodlarni ro‘yxatga olish uchun to‘lov joriy etish taklif etilmoqda. Bunda import qilinuvchi qurilmalar narxlarining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bojxona to‘lovlarini optimallashtirish rejalashtirilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, IMEI-kodlaridan foydalanish va ularni ro‘yxatga olish masalalarini boshqarish va muvofiqlashtirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizimni ro‘yxatga olish operatori vazifasi O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi, mobil qurilmalarga guvohnoma berish vazirlikning Ilmiy-tadqiqot va marketing tadqiqotlar markazi zimmasiga yuklatilishi rejalashtirilgan.

Kontrabanda mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Uyali telefonlar kontrabandasi oldi olindi
Qarorda O‘zbekistonda mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish qoidalarini qabul qilish, buning uchun maxsus apparat-ta’minoti kompleksini yaratish hamda IMEI-kodlarni ro‘yxatga oluvchi tizim operatori qoshida abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0