Uyali telefonlar kontrabandasi oldi olindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKontrabanda mahsulotlari
Kontrabanda mahsulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olish chog‘ida, qoidabuzarlar yuklarini tashlab, Qirg‘iziston hududiga yashirinishgan.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi huzuridagi Chegarani qo‘riqlash xizmati, umumiy qiymati 500 mn so‘mdar ortiqcha bo‘lgan yirik kontrabandaning oldini olishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Farg‘ona viloyatining Nayman qishlog‘i yaqinida, chegarachilar O‘zbekiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirib kelinayotgan tovar va mahsulotlarni aniqlashgan. Hibsga olish chog‘ida olti kishidan iborat qoidabuzarlar guruhi, yuklarni tashlab Qirg‘iziston hududiga qochib ketishgan.  

“Yuklar ko‘zdan kechirilganda, u yerdan 400ta uyali telefon apparatlari, 2160 dona elektr yoritish chiroqlari topilgan. Topilgan tovar va mahsulotlar "Kontinent Imkon Baxo" kompaniyasiga baholash uchun yuborildi. Mutaxassilar xulosasiga ko‘ra, mahsulotlarning umumiy qiymati 509,5 mln so‘mni tashkil qildi”, — dedi Chegara qo‘riqlash xizmati vakili.

Ushbu ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 182 bo‘limi, Bojxona qonunlarini buzish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni damda qoidabuzarlar shaxsini aniqlash va ularni javobgarlikka tortish ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0