TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkentning Chilonzor tumanida "MI" rusumli uyali aloqa telefonini egallash maqsadida fuqaroni pichoqlagan bosqinchi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.
7 Sentabr 2017, 22:51
"2017 yilning 29-sentabr kuni taxminan soat 22:00larda, Qosimov Ravshanjon Abidjonovich, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida joylashgan uyning yonida bo‘la turib, fuqaro Mamajanov Suxrobjon Tursunboy o‘g‘liga nisbatan pichoq ishlatish va tan jarohati yetkazish bilan qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan "MI" rusumli uyali aloqa telefonini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan", — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi "a" bandi (bosqinchilik, ya’ni qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan narsalarni ishlatib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.