Daryo o‘zanlarida shag‘al va qumni noqonuniy qazib olishga qarshi kurash kuchaytiriladi

© Goskomekologiya UzbekistanaEkologicheskiy reyd po ruslu reki Axangaran s selyu viavleniya nezakonnoy xozaystvennoy deyatelnosti
Ekologicheskiy reyd po ruslu reki Axangaran s selyu viavleniya nezakonnoy xozaystvennoy deyatelnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
yil boshidan buyon daryo o‘zanlarini tozalash va ular qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha noqonuniy ish olib borilgan 228 ta holat aniqlangan

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev suv obyektlarida shag‘al va qum mahsulotlarini nazoratsiz qazib olish holatlariga barham berishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, qonunchilikda mavjud bo‘shliqlar darolar o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalari, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlarini tozalash, ularning qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishda qum-shag‘al materiallarini ruxsatsiz qazib chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xo‘jaligini jiddiy islohot qilishga kirishdi

2017 yil boshidan buyon daryo o‘zanlarini tozalash va ular qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha noqonuniy ish olib borilgan 228 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning 176 tasida subyektlar davlat ekologiya ekspertizasi shartnomasini tuzmasdan yoki noruda foydali qazilmalar mavjud yer usti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyasiz faoliyat olib borgani ma’lum bo‘ldi.

Prezidentning "Suv resurslarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori daryo, ko‘l, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlari o‘zanlarini tozalash va ular qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni o‘tkazish niqobi ostida shag‘al va qum mahsulotlarini nazoratsiz qazib olish holatlariga barham berishga qaratilgan.

Qarorda bu kabi ishlar faqatgina toshqin suvlar va sel oqimlarini o‘tkazish imkoniyati cheklanganligi natijasida vujudga keladigan salbiy oqibatlarga barham berish uchungina amalga oshirilishi belgilandi.

Mazkur choralarni amalga oshirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ixtisoslashgan muhandislik-texnik otradlar tashkil etilib, ular toshqin, sel va o‘pirilish xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda qirg‘oqlarni mustahkamlash, himoya va tiklash ishlarini amalga oshiradi. Mazkur faoliyat bilan boshqa tashkilotlar ham shug‘ullanishi mumkin.

Ekologicheskiy reyd po ruslu reki Axangaran s selyu viavleniya nezakonnoy xozaystvennoy deyatelnosti - Sputnik O‘zbekiston
Noqonuniy ravishda qum-shag‘al tashigan haydovchilar javobgarlikka tortildi

Darolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish to‘g‘risida Komissiya qarori Favqulodda vaziyatlar, Qishloq va suv xo‘jaligi vazipliklari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining daryo o‘zanlarini o‘rganish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish imkoniyatlarini baholash natijalari bo‘yicha qo‘shma xulosalariga asosan qabul qilinadi.

Hujjatga muvofiq, FVV ixtisoslashtirilgan otradlari va boshqa tashkilotlar noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va sotilgan hollarda yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda soliq to‘laydi. Bunda darolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish noruda foydali qazilmalarni sotishdan olingan daromadlar miqdoriga kamaytiriladi.

Ushbu sohada qonunchilikning buzilishini aniqlash va bartaraf etish maqsadida viloyat, tuman va shahar darajasida 12 ta vazirlik va tashkilotlar vakillaridan iborat doimiy faoliyat olib boruvchi mahkamalararo guruhlar tashkil etiladi.

Ushbu guruhlar respublikadagi umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrni tashkil etuvchi 437 ta daryo va boshqa suv obyekti hududida faoliyat olib boradi. Mahkamalararo guruhlarga prokuratura organlari rahbarlik qiladi.

Yangiliklar lentasi
0