Ayollar koloniyasida farzandkushlarni nima qilishadi - sobiq koloniya xodimasi hikoyasi

© AFP 2023 / AFP/STRAyollar kamerasi
Ayollar kamerasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayollar ahloq tuzatish koloniyalarida nimalarni boshdan kechirishlari haqida №2 ayollar koloniyasining sobiq xodimasi Sputnik Qirg‘iziston nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini o‘ldirganlikda gumon qilingan ona bugun SIZOda o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berildi. Ismi sir bo‘lib qolishini istagan, 90-yillarda ayollar koloniyasida ishlagan bugungi suhbatdoshimiz farzand qotilligi — eng og‘ir jinoyatlardan biridir, degan fikrda.

Nasilie - Sputnik O‘zbekiston
U 11 yashar qizimni zo‘rlamoqchi edi - qirg‘izistonlik ayollar hayotidan reportaj
Suhbatdoshning fikricha 90 yillar ayniqsa ozodlikdan mahrum etish joylarida juda og‘ir kechgan.

— Bordiyu farzandkush koloniyaga tushgudek bo‘lsa, bu uning uchun o‘lim bilan barobar bo‘lgan, — deydi ochiqchasiga u.

— Ayollar koloniyasida sudlanganlarni nima qilishardi?

— Kunlarning birida eriga qasd qilib ikki farzandini o‘ldirgan bir ayolni olib kelishdi. Biz bu kabi mahbuslar ustidan amalga oshiriladigan har qanday yovuzliklarning oldini olishga harakat qilardik. Ayollar ahloq tuzatish koloniyalarida "paxan"lar rolini yetakchi ayollar ijro etardi, koloniyada ular soni 2-3 nafar bo‘lardi.

Qisqasi, bu ayol taqdiri ne kechishini bilish uchun "paxan"larning biri bilan uchrashdik. U bizga: "O‘ldirmaymiz", deb aytdi. Lekin ertami-kechmi ular bu ayolgacha yetib kelishlari ravshan edi. Xuddi shunday bo‘ldi ham. Farzandkushni "jonli yo‘lak"dan o‘tkazishdi.

Mahbus ayollar ikki qator bo‘lib saf tortib turishar, yangi kelgan ayol ular orasidan o‘tishi kerak edi. U oxirigacha borolmadi — xushsiz yiqildi.

Keyinchalik menga u har kuni kaltak yeyishi haqida so‘zlab berishgan.

Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda vrach 12 yashar qizni zo‘rlashga urindi - bu ish bilan vazirning o‘zi shug‘ullanmoqda
Kunlarning birida esa ta’qiblarga chiday olmagan ayol o‘z joniga qasd qilgan.

Mahbuslar o‘zlari haqida "biz haqiqatda tamom bo‘lganlarmiz" deb gapirishardi, chunki ularning kelajagi yo‘q edi.

— Xotirangizda bunday voqealar ko‘p bo‘lganmi?

— Yo‘q. Unchalik ko‘pmas. Men koloniyada besh yarim yil mobaynida ishlaganman. Shu vaqt oralig‘ida u yerga 6-7 nafar farzandkush olib kelingan. Shulardan biri men ishlaganda halok bo‘ldi. Yana bir hodisa esimga tushdi, bir kuni 7 yashar o‘gay o‘g‘lini o‘ldirgan ayolni olib kelishgandi. Ayol bolani saroyda qamab qo‘ygan va norasida ochlikdan halok bo‘lgan. O‘sha ayol jazo muddatining oxirigacha bora olgan. Adashmasam, uni mamlakatda Ayollar yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan amnistiya qilishgandi. Ayolni ozodlikda o‘ldirishdi.

Farzandkushlarning aksariyati SIZOda vaqtidaligidayoq o‘z joniga qasd qilishgan. Koloniyaga tushganlari esa… Xullas, ularga hech kim xavas qilmagan.

— 90-yillarda qamoqxonalar qonun-qoidalari juda beshafqat bo‘lgan. Hozirchi?

— Hozir qanday aniq bilmayman, lekin eshitishimcha, vaziyatga bog‘liqmish: pul bo‘lsa, jazodan qutulib qolish ham mumkin ekan.

Yangiliklar lentasi
0