TOShKENT, 8 sen — Sputnik. 12 yashar qizchaning qarindoshlari tomonidan berilgan ariza asosida ayni vaqtda komissiya tuzilgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Sog‘liqni saqlash matbuot-xizmatidan olingan ma’lumotlarga tayangan holda.
Muassasa axborotiga ko‘ra, qizchaning qarindoshlari Sog‘liqni saqlash vaziri Talantbek Botiraliyev nomiga ariza yozishgan va u bu hodisani o‘z nazoratiga olgan. Hatto maxsus komissiya tuzilgan.
Barcha zarur ekspertizalar tayinlangan. Ekspertiza xulosasidan so‘ng jinoiy ish qayta kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Sal oldin K-News axborot agentligi Orlovkada 53 yashar vrach 12 yashar qizga ukol qo‘yib, so‘ng uni zo‘rlashga uringani haqida xabar tarqatgan. Qizchani tog‘asining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisa 6-sentabr kuni ro‘y bergan.
Agentlik xabariga ko‘ra, qizcha vrach u yotgan palataga bir necha bor kirganini va u ukol ta’sirida yotgan vaqtida o‘ziga nisbatan shahvoniy xarakterdagi harakatlarni amalga oshirganini so‘zlab bergan.
Qizchaning qarindoshlari militsiyaga ariza yozishgan va sud-tibbiy ekspertiza natijalarini kutishmoqda.