Tramp KXDR va Venesuela fuqarolariga AQShga kirishni ta’qiqladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
18 oktabrgacha viza oladigan diplomatlarga va ayni vaqtda immigrant yoki qochqin maqomiga ega shaxslarga ushbu ta’qiqlar joriy etilmaydi

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp qator mamlakatlar fuqarolari uchun Amerikaga kirishni cheklash to‘g‘risida farmon imzolagan edi. Endilikda Qo‘shma Shtatlarga kirish cheklangan davlatlar ro‘yxatiga Venesuela, KXDR va Chad kiritildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Oq Uydan kelib tushgan bayonot asosida.

Venesuela, KXDR va Chad davlatlariga nisbatan kiritilgan taqiq 18-oktabrdan kuchga kiradi.

Amerika prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
AQShga "xavfli" mamlakatlardan fuqarolar kirishini cheklovchi qonun kerak, dedi Tramp
Shuningdek, Eron, Yaman, Liviya, Suriya va Somali davlatlari "qora ro‘yxat"da qoladigan bo‘ldi. Sudan ushbu ro‘yxatdan chiqarildi.

Ro‘yxatdagi yettita (Venesueladan tashqari) davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalari bo‘yicha kirish muzlatilgan. Venesuela uchun taqiq faqatgina qator muassasalar rahbarlari, ularning oila a’zolari hamda biznes va sayyohlik vizalariga ega shaxslarga joriy etilgan.

Qolgan mamlakatlarga kelsak, Chad, Liviya va Yaman fuqarolariga turistik va ishbilarmonlik bilan bog‘liq tashriflar uchun vizalar berilmaydi. Shimoliy Koreya va Suriya fuqarolariga AQShga kirish to‘liq man etilgan.

18 oktabrgacha viza oladigan diplomatlarga va ayni vaqtda immigrant yoki qochqin maqomiga ega shaxslarga ushbu taqiqlar joriy etilmaydi.

Prezident SShA Donald Tramp podpisivayet rasporajenie, otmenyayushee Trans-Tixookeanskoe partnerstvo - Sputnik O‘zbekiston
AQSh 6 ta musulmon davlat fuqarolariga viza berish bo‘yicha yangi mezonlarni qabul qildi

AQSh prezidenti Tramp o‘z varorini immigrantlarni xavfsiz saralab olish mumkinmasligi bilan izohlagan.

"Mening birinchi galdagi vazifam — Amerika xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Biz xavfsiz saralashni ta’minlay olmaydigan shaxslarni o‘z mamlakatimizda qabul qilmaymiz",- deb yozgan u Twitter dagi akkauntida.

Oq uyning rasmiy bayonotida KXDR va Venesuela Amerika hukumati bilan viza masalalari bo‘yicha hamkorlik qilmagani uchun taqiqlar ro‘yxatidan o‘rin olishgani ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0