AQShga "xavfli" mamlakatlardan fuqarolar kirishini cheklovchi qonun kerak, dedi Tramp

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishAmerika prezidenti Donald Tramp
Amerika prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bizga siyosiy atama emas, balki odamlarimizni himoya qilishga yordam beradigan hujjat kerak", dedi Tramp

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp yana bir bor "xavfli" mamlakatlardan fuqarolarga kirishni ta’qiqlash zarurligini ta’kidladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSh elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
Tramp farmoni O‘zbekiston fuqarolariga taalluqli emas - elchixona
"To‘ppa-to‘g‘ri, bizga bizning odamlarimizni himoyalashda yordam bermaydigan siyosiy atama emas, balki aniq xavfli davlatlardan fuqarolar kirishini cheklovchi qonun kerak", — deb qayd etgan Amerika prezidenti o‘zining Tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, oltinchi mart kuni Tramp Amerikaga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi oltita davlatdan fuqarolar kirishini ta’qiqlovchi yangi farmonni imzolagan edi. Amerika ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davlatlar terrorchilarga yordam beradi yoxud ularga boshpana taqdim etib kelmoqda. Ro‘yxatga Sudan, Suriya, Eron, Liviya, Somali va Yaman davlatlari kiritilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0