O‘ho‘: Mirziyoyevning AQShdagi zafarlari, yosh vazirdan oltinga teng maslahat va fidoyilar haqida

© REUTERS / /Eduardo MunozPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haftaning eng muhim xabarlari ro‘yxatidan O‘zbekiston prezidentining Nyu-Yorkka safari, Alisher Sa’dullayevning yoshlarga o‘giti va Amerikadan O‘zbekistonga qaytib, shu yurt uchun yonib yashashga tayyor olimlar o‘rin oldi

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Hafta oxirlab borayotgan bir vaqtda Sputnik O‘zbekiston tahririyati shu 7 kun ichida o‘zbekistonliklarni hayratga solgan eng muhim xabarlar beshligini e’tiboringizga havola qiladi.

Mirziyoyevning BMTdagi ilk chiqishi

Dushanba kuni Nyu-Yorkka jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyevning BMTdagi chiqishini diplomatlardan tortib jurnalistlargacha katta qiziqish bilan kutishgan edi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 72 sessiyasidagi nutqi

BMT minbarida so‘zlagan nutqida Mirziyoyev butun jahonga O‘zbekiston o‘z ajdodlarining donishmandlik an’analariga amal qilgan holda qat’iy islohotlarni amalga oshirayotganini va mamlakatning yangicha qiyofasini shakllantirish yo‘lidan borayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida asosiy e’tiborni Markaziy Osiyoga qaratdi. "Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo — biz intilayotgan eng muhim maqsad", — deb ta’kidladi prezident.

Natijada, O‘zbekistondagi valyuta islohotlari, biznesning soliq yukini qisqartirish, iqtisodiy zonalar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay muhit singari yangicha o‘zgarishlarni yuqori baholagan amerikalik biznesmenlar O‘zbekiston bilan 2,6 milliard dollarlik hujjatlar to‘plamini imzoladilar.

Shavkat Mirziyoyev dunyo sahnasida barchaga xush keldi.

Vatanparvarlarning O‘zbekistonga qaytishi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda vaqtidaligida Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlar bilan uchrashdi va O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan barcha chet eldagi yurtdoshlarni O‘zbekistonga taklif etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Amerikadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Aytish joizki, ushbu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Fikr bildirganlar orasida Amerikadagi o‘zbeklar vatanga qaytishiga shubha bildirganlar ham bo‘ldi.

Ammo prezident bilan uchrashgan va suhbatlashganlarning barchasi O‘zbekistonga qaytib vatan uchun yashab, O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini aytishmoqda.

Xususan, Mirziyoyev bilan uchrashgan o‘zbekistonliklardan biri, ancha vaqtdan buyon Texas shtatida ishlab kelayotgan kimogar olim Behzod Dolimbek rak immunoterapiyasi bo‘yicha O‘zbekistonda ishlash nuqtayi nazaridan Xayriddin Sultonov bilan muzokaralar olib borishini ma’lum qildi va yaqin oylar ichida O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirayotganini aytdi. Vatan uchun yashash vaqti kelganini ta’kidlagan Dolimbek "Bu ketishda O‘zbekiston 5-10 yil ichida juda boshqacha mamlakatga aylanadi, bunga ishonchim komil", — dedi. 

O‘zbekistonning buyuk qalbli farzandlari bor!

Tinib-tinchimaydigan yosh vazir

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev viloyatlar bo‘ylab safarga chiqqan. Sa’dullayev yoshlar yetakchilari orasidan namunaviy maktab yetakchilarini saralash bilan shug‘ullanmoqda.

Alisher Sa’dullayev, Xalq vaziri o‘rinbosari - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Sa’dullayev yoshlarga yetakchi qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatdi
Samarqand shahrida viloyat maktablaridagi yoshlar yetakchilari bilan o‘tkazgan seminar-trening davomida vazir o‘rinbosari uchrashuvga kelganlarning muammo va takliflarini tinglabgina qolmay, haqiqiy yetakchi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida ham tushuntirish berdi.

Alisher Sa’dullayev uchrashuv davomida hozir zamon o‘zgarganini aytib, yoshlar yetakchilariga bolalarni qo‘rqitib, cho‘chitish emas balki ular bilan suhbat qilib, uning ichki dunyosiga kirib borishni maslahat berdi.

"Biz bugun o‘ylaydigan darajada bo‘lishimiz kerak", — dedi vazir o‘rinbosari. 

Sa’dullayevning targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samarasini beradi va yangicha dunyoqarashga ega yetakchilar O‘zbekiston ta’lim tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shadilar, degan umiddamiz.

Yangiliklar lentasi
0