BMT O‘zbekistonda yangi ma’muriy sudlarni tashkil etishda yordam beradi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taraqqiyot dasturi doirasida BMT O‘zbekistonda yangi tashkillashtirilayotgan ma’muriy sudlar salohiyatini oshirishga ko‘mak beradi

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) fuqarolik va iqtisodiyot sudlarini shakllantirishda O‘zbekiston Oliy sudi bilan hamkorlik qiladi. Bu haqda RIA Novosti BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga asoslanib xabar bermoqda.

Shu yilning fevral oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tashkil etish haqidagi farmonga imzo chekkandi.

Shu kunga qadar davlat organlari va mansabdor shaxslarning ma’muriy huquqbuzarligi borasidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rilayotgan edi.

Sud - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mansabdorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqadigan sudlar tashkil etiladi

BMTTD vakolatxonasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Oliy sudi raisi Shoyunus G‘oziyev hamda BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner Oliy Sud, BMTTD va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining "O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik" qo‘shma loyihasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Jumladan, BMTTD va USAID sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda qayta tuzilgan Sudalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot markazida sudalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish uchun texnik yordam ko‘rsatadi hamda maslahatlashuvlar o‘tkazadi.

Xususan, fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini poymol qiluvchi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlari va harakatlari natijasida yuzaga kelgan ma’muriy bahs-munozaralarni ko‘rib chiquvchi yangi ma’muriy sudlarni tashkil etish borasida hamkorlik qiladi.

Shu bilan birga BMTTD konseptual hujjat tayyorlash, xalqaro tajribani o‘rganish hamda ma’muriy sud ishlari Kodeksini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0