O‘zbekiston tuhfasi: Registon maydoni maketi BMT shtab-kvartirasi bezagiga aylandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMaket ploshadi Registan, podarenniy Mirziyoyevim OON
Maket ploshadi Registan, podarenniy Mirziyoyevim OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida ilk bor ishtirok etdi, so‘ngra Samarqanddagi Registon maydoni maketini BMTga tuhfa qildi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining tuhfasi — Registon maydonining maketini topshirdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev BMTda diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilish taklifini kiritdi

Ushbu eksponat BMT shtab-kvartirasining eng gavjum joylaridan biriga, BMT Xavfsizlik kengashi va Bosh Assambleya zallari o‘rtasidagi foyega o‘rnatildi.

Registon maydonining maketi O‘zbekistonning qo‘li gul usta hunarmandlari tomonidan yasalgan bo‘lib, qimmatbaho metall va go‘zal milliy naqshlar bilan bezatilgan. BMT bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl shunday go‘zal va teran mazmunga ega tuhfa uchun O‘zbekiston prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda shuningdek, Bosh Assambleya sessiyasiga kelgan diplomatlar, BMT axborot markazi xodimlari qatnashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

© Press-slujba Prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va BMT bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i zamestitel Generalnogo sekretarya OON Djen Bigl - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va BMT bosh kotibi o‘rinbosari Jen Bigl

Registon Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan Samarqand shahrining ramziga aylangan. Majmua 2001-yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Registon bugungi kunda ham dunyo sayyohlarini o‘ziga tortmoqda. Bu yerda o‘tkaziladigan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali uning dovrug‘i va xalqlar do‘stligidagi ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0