Vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ishga qabul qilish bo‘yicha e’lon berdi

© Press-klubZamestitel predsedatelya Narodnogo obrazovanie Alisher Sadullayev
Zamestitel predsedatelya Narodnogo obrazovanie Alisher Sadullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Eng jonkuyar, xalqim deb yashaydigan kadrlarni saralab olishimiz kerak! Yaxshi jamoa tuzishimiz kerak! Tanishlaringizga yetkazinglar, qo‘limizdan kelguncha jamoada qo‘llab-quvvatlashga va imkoniyatlar yaratib berishga harakat qilamiz!"- deb yozgan Sa’dullayev o‘zining Facebook dagi sahifasida

TOShKENT, 11-avgust — Sputnik. Xalq ta’limi vazir o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev Facebookdagi o‘z sahifasida vazirlikning o‘quvchilar va yoshlar bilan ishlash boshqarmasida boshqarma boshlig‘i (psixolog) lavozimiga nomzodlar ko‘rib chiqilishi haqidagi post e’lon qildi.

Zamestititel ministra Sa’dullayev posetil detskiy dom v Navoinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Vazir o‘rinbosari Sa’dullayev mehribonlik uyi muammolarini o‘rgandi

E’londa yozilishicha, talablar psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr diplomi, bolalar psixologiyasi yo‘nalishida kamida 3-yillik kasbiy malaka bo‘lishi kerak. O‘zbek va rus tillarini mukammal darajada bilishi zarur hamda qo‘shimcha sifatida ingliz tilini ham biluvchilarga afzallik beriladi.

Shuningdek, qo‘shimcha afzallik ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan, tadqiqot xulosalari gazeta va jurnallarda chop etilgan, xalqaro konferensiyalarda qatnashgan talabgorlarga beriladi.

Talabgorlarni saralash jarayoni 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Saralab olingan talabgorlar "Yoshlar orasida suisid muammosi va uning yechimi" va "Yoshlar orasida jinoyat muammosi va uning yechimi" mavzularida insho taqdim etishadi. O‘z insholarida talabgorlar aynan vazirlik xodimi sifatida ushbu muammolarning yechimi uchun qanday amaliy ishlar olib borishlari, o‘zlarining rejalarinini bayon etishlari lozim.

Saralab olingan insho egalari vazirlikka suhbatga chaqiriladi.

Yangiliklar lentasi
0