O‘zbekiston yuborgan yordam myanmalik qochqinlar oqimi mislsiz ko‘paygan davrda yetib bordi

© REUTERSGranitsa Bangladesh-Myanma
Granitsa Bangladesh-Myanma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan olingan insonparvarlik yordami eng kamida myanmalik 8 ming oila yoki 50 ming qochqinning ehtiyojlarini qondirishga yetarlidir

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. 18-sentabr kuni Bangladesh Qizil yarimoy jamiyatining Dakka shahridagi bosh idorasiga manmalik musulmon-rohinja qochqinlarga tarqatish uchun O‘zbekistondan insonparvarlik yordami yetkazib berildi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Gumanitarnaya pomosh Uzbekistana Bangladeshu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bangladeshga eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini yubordi
Bangladesh Qizil yarimoy jamiyatining qayd etishicha, bu ushbu mamlakat hududidagi rohinja qochqinlarining dastlabki ehtiyojlarini qondirish uchun Jamiyatning chet davlatlardan olgan insonparvarlik yordamlari orasida eng salmoqlisi bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qochqinlarning soni so‘nggi kunlarda 400 ming nafarni tashkil etmoqda.

Yetkazib berilgan insonparvarlik yordami tarkibiga qochqinlar hayoti uchun muhim bo‘lgan shakar, yong‘oq, quritilgan sut, dori-darmonlar, go‘daklar ovqatlari, ichimlik suvi, bolalar va kattalar uchun kiyimlar, ko‘rpa-to‘shak va boshqa zaruriy mahsulotlar, jami 14 xildagi oziq-ovqat va ashyolar kiritildi.

Insonparvarlik yordamini yetkazib berishning rasmiy marosimida Bangladesh Qizil yarimoy jamiyati, Bangladesh Tashqi ishlar hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqan Bangladesh Qizil yarimoy jamiyati prezidenti Hafiz Ahmed Mazumdar O‘zbekiston rahbariyatiga qochqinlarga o‘z vaqtida va olihimmatlik bilan ko‘rsatilgan yordam uchun chin qalbdan minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat yuzaga kelgan ijtimoiy tanglikni yumshatish uchun do‘stona ko‘mak, balki o‘zbek xalqiga xos xususiyat bo‘lgan samimiy insonparvarlikning namoyishidir.

Bangladesh Qizil yarimoy jamiyati bosh kotibi Mozarul Haq O‘zbekistondan yuborilgan insonparvarlik yordami eng zarur paytda — myanmalik qochqinlar oqimi mislsiz tarzda ko‘paygan davrda yetib kelganini ta’kidladi. Ayni paytda shunisi e’tiborga sazovorki, O‘zbekiston tomonidan jo‘natilgan yordam tarkibi manzilli xususiyatga ega, ya’ni, insonparvarlik tashkiloti tomonidan belgilangan qochqinlar uchun eng zaruriy mahsulot va buyumlar ro‘yxatiga mosdir.

Granitsa Bangladesh-Myanma - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy nega Myanmani qo‘llab-quvvatlamoqda
Tadbirda O‘zbekistondan olingan insonparvarlik yordami eng kamida myanmalik 8 ming oila yoki 50 ming qochqinning ehtiyojlarini qondirishga yetarli ekani alohida qayd etildi.

Xuddi shu kuni mamlakatimiz bayrog‘i ostida va "O‘zbekiston Respublikasidan insonparvarlik yordami" yozuvi tirkalgan yuk mashinalari Bangladesh Qizil yarimoy jamiyati vakillari hamrohligida ushbu davlat va Manma chegarasidagi qochqinlar lagerlari tomon yo‘lga tushdi. Insonparvarlik yordamining qochqinlar o‘rtasida tarqatilishi tadbirlari bilan Bangladesh Qizil yarimoy jamiyati shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0