BMT: 2017-yilda MDH iqtisodiyotida o‘sish kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishRossiya pullari
Rossiya pullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ekspertning fikriga ko‘ra, Xitoy bilan yaqin aloqalar Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ijobiy omil bo‘lib xizmat qiladi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ikki yillik iqtisodiy pasayishdan so‘ng MDH mintaqasida 2017-yilda o‘sish kutilmoqda. BMT iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti ekspertlari ana shunday xulosaga kelishdi.

Biroq bu o‘sish o‘ta yuqori ko‘rsatkichni tashkil etmaydi va 1,4 foiz bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

"Xom ashyoning nisbatan arzonligi va geosiyosiy keskinlik eskirgan uskunalar, mintaqaning Yevropa hududidagi noxush demografik vaziyat, Markaziy Osiyonin ayrim joylarida elektr energiyasining taqchilligi va biznes yuritish uchun noqulay sharoitlar kabi strukturaviy cheklashlar iqtisodiy o‘sish uchun murakkab muhit hosil qiladi", — dedi BMT Bosh kotibining iqtisodiy o‘sish masalalari bo‘yicha yordamchisi Lenni Montyel.

O‘zbek-koreys to‘qimachilik texnoparki - Sputnik O‘zbekiston
OAV: O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi

Uning taxminicha, "MDHning yirik iqtisodiyoti o‘rta muddatli istiqbolda o‘rtacha o‘sish yo‘lidan boradi". Shu bilan birga, ekspertning fikriga ko‘ra, Xitoy bilan yaqin aloqalar, xususan, "Bir kamar va bir yo‘l" tashabbusi doirasidagi munosabatlar Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ijobiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Rossiyada iqtisodiy o‘sish 2017-yilda 1,5 foiz bo‘lishi kutilmoqda. BMT ekspertlari iqtisodiyot va mamlakat eksportini diversifikatsiyalash kerakligini eslatishmoqda.

BMTning so‘nggi ma’lumotlariga qaraganda, 2016-yilda jahon iqtisodiyoti hajmi 2,2 foizga o‘sgan. Bu 2009-yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir.

Yangiliklar lentasi
0