TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun AQShga joʻnab ketdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq soʻzlaydi. Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar oʻtkazadi.
Oʻzbekiston rahbari, shuningdek, keng doiradagi Oʻzbekiston — Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari boʻyicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda koʻplab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.