TOShKENT, 15 sen — Sputnik. KXDRning yangi ballistik raketasi 770 kilometr balandlikda 3700 kilometr masofani bosib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti Janubiy Koreya xarbiylariga tayanib xabar qildi.
"Shimoliy Koreya raketasi 770 km balandlikka parvoz qildi va 3700 km masofani bosib o‘tdi", — deyilgan Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa Pxenyanning Sunan aeroporti hududidan sharqiy yo‘nalishda uchirilgan.
KXDR tomonidan juma kuni ertalab uchirilgan raketa Yaponiyaning shimoliy-sharqiy qismidan uchib o‘tib Tinch okeaniga tushgan. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga ta’kidladi.
Ronxap agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR raketa sinoviga javoban Janubiy Koreya o‘zining "Xonmu-2" ballistik raketasini Yaponiya dengizi tomon uchirgan.
Bundan tashqari, 3-sentabr kuni Shimoliy Koreya vodorod o‘qli raketani sinovdan o‘tkazilganligini ma’lum qildi. Sinovni o‘tkazish haqida buyruqni shaxsan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In imzoladi.