Tramp: AQSh Shimoliy Koreyadan yadroviy qurol bilan himoyalanishga tayyor

Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Yaponiya bosh vaziri bilan o‘tkazgan suhbati chog‘ida, AQSh va uning ittifoqdosh mamlakatlarini himoya qilish uchun barcha diplomatik va yadroviy imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan telefon orqali o‘tkazilgan suhbat chog‘ida Shimoliy Koreyaga qarshi yadroviy qurolni qo‘llashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Bu haqda RIA Novosti Oq uy matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

Modifikatsiya atomnoy bombi B61-12 - Sputnik O‘zbekiston
AQSh havo harbiy kuchlari yadroviy bombani sinovdan o‘tkazdi

AQSh prezidenti Shimoliy Koreya tomonidan vodorod o‘qli bomba sinovdan o‘tkazilganligi bo‘yicha o‘z munosabatini bildirgan. Jumladan, Vashington o‘zi va o‘ziga ittifoqdosh davlatlarni himoya qilish uchun barcha diplomatik, an’anaviy uslublar va yadroviy qurol imkoniyatlarini ishga solishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3-sentabr kuni Shimoliy Koreya hukumati vodorod o‘qli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgazganini ma’lum qildi. Raketani sinovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In tomonidan berilgan.

Shimoliy Koreya vodorod o‘qli raketa sinovdan o‘tkazilishi natijasida radiatsiya tarqalishi va atrof-muhitga boshqa salbiy oqibatlar yetkazilmaganini ma’lum qilgan.

Shimoliy Koreya 29-avgust kuni Yaponiya hududi ustidan ballistik raketa uchirgach, AQSh va Janubiy Koreya bunga javoban hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishgan edi.
Yangiliklar lentasi
0