Putin: Rossiya KXDRning yadroviy maqomini tan olmaydi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Korei Mun Chje In
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Korei Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arbiy iqtisodiy forum doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Vladimir Putin KXDR masalasi bo‘yicha hissiyotlarga berilmaslikka va KXDRni burchakka taqamaslikka chaqirdi

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Vladimir Putin Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In bilan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Severnie koreysi nablyudayut za novostnim soobsheniyem, pokazivayushim zapusk raketi sredney dalnosti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston KXDRning navbatdagi yadroviy sinovlarini qoraladi

Uchrashuv chog‘ida Vladimir Putin hissiyotlarga berilmaslikka va KXDRni burchakka taqamaslikka chaqirdi.

"His-tuyg‘ularga berilmaslik kerak va Shimoliy Koreyani burchakka taqash kerak emas. Bugun hamma vazminlikni namoyish qilib, keskinlikni oshirishga olib keluvchi qadamlardan o‘zini tiyishi kerak", — deb ta’kidladi Vladimir Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning aniq takliflari Xitoy bilan hamkorligidagi "yo‘l xaritasi"da qayd etilgan. Prezident ushbu keskin vaziyatni yumshatish va bosqichma-bosqich tartibga solishga qaratilgan tashabbuslarni diqqat bilan ko‘rib chiqishga barcha tomonlarni chorladi.

"Rossiya KXDRning yadroviy maqomini tan olmaydi. Chunki Pxenyanning raketa dasturi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini qo‘pol ravishda buzib kelmoqda. Shuningdek, yadroviy qurol tarqalmasligi rejimini buzmoqda va Shimoliy-G‘arbiy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga rahna solmoqda.

Prezident SShA Donald Tramp podpisivayet rasporajenie, otmenyayushee Trans-Tixookeanskoe partnerstvo - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga AQShdan yanada ko‘proq qurol sotib olishga ruxsat berdi
Shu bilan birga, Putin Rossiya Janubiy Koreya va KXDR bilan uch tomonlama loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Koreyaga Rossiyaning tabiiy gazini yetkazib berish va elektr tarmoqlarini birlashtirish loyihalari haqida gap ketmoqda.

Mun Chje In o‘z navbatida, KXDR bilan muammolarni hal qilish zarurligi bo‘yicha Putin bilan bir to‘xtamga kelganligini aytdi.

"Biz janob prezident bilan yadroviy va raketa sinovlari noto‘g‘ri yo‘l ekanligi va Koreya yarim orolida keskinlikni kamaytirish dolzarb vazifasi yuzasidan yagona fikrga keldik", — deb ta’kidladi Janubiy Koreya yetakchisi.

Yangiliklar lentasi
0