TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonda erkin konvertatsiya kiritilganiga roppa-rosa bir hafta bo‘ldi. Oradan ancha yillar o‘tib, aholi mamlakat banklariga valyuta topshirish va, aksincha, uni sotib olish imkoniga ega bo‘ldi. Ammo keyingi vaqtlarda hammasi ham aslida biz kutganday oddiymasligi ayon bo‘lmoqda.
Shu vaqtgacha odamlar dollarni banklardan erkin sotib ololmasdilar, buning uchun "qora bozor"ga murojaat qilish talab etilardi. Tabiiyki, noqonuniy valyutachilar ham o‘z navbatida fuqarolarga dollarni davlat kursidan ikki barobar qimmat narxda pullar edi.
Bank tomonidan o‘rnatilgan pasaytirilgan kurs esa tepadagi ma’lum amaldorlar "cho‘ntagi" uchun xizmat qilib, ular bundan yaxshigina daromad ko‘rishdi ham.
Joriy yil beshinchi sentabr kuni erkin konvertatsiyaning kiritilishi mamlakatda haqiqiy shov-shuvli hodisaga aylandi.
Ta’kidlash jozi, aholi umrida birinchi marta moliyaviy muassasada valyutani qora bozordan yuqori narxda, buning ustiga pasportsiz almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mablag‘ning umumiy miqdori 10 ming dollarga yetsagina shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etilar edi.
Bundan tashqari endilikda dollar sotib olish imkoni paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, qo‘lingizga hech kim dollarni berib qo‘ygan emas, bankdan valyutani xarid qilgan taqdiringizda u sizga konversion deb atalmish kartaga tushirib berilsada, ammo bankdan dollarni erkin xarid qilish imkoni yaratilishi ham o‘ziga xos voqea bo‘ldi.
Bu yerda ham bitta "lekin"i bor, konverkartalardan mamlakat ichida emas, faqat chet elda foydalanish mumkin.
Ammo shu bilan birga aholi uchun dollar xarid qilishda barcha cheklovlar olib tashlangan, endilikda valyuta uchun to‘lovni nafaqat naqd pulda balki so‘m plastik kartalarda ham amalga oshirish mumkin. Ilgarilari bu haqda gap-so‘z bo‘lishi mumkin emasdi.
Yana bir kachiligi endilikda fuqarolar bir kvartalda besh ming dollargacha valyutani xarid qilishlari mumkin.
O‘zbekiston milliy banki Toshkentdagi filialida faoliyat yurituvchi xodimning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda eski kompyuter tizimidagi ushbu kamchiliklar ustida ish olib borilmoqda. Xususan, yaqin kelajakda mamlakatda hayotga tatbiq etilayotgan valyuta islohotiga binoan jismoniy shaxslar xohlagan miqdorda valyuta xarid qilishlari mumkinligini ta’kidladi.
Aniqlik kiritilishicha, bu operatsiyani amalga oshirish uchun moliyaviy muassasa mijozlaridan pasport yoki INNni taqdim etish so‘raladi. Ushbu jarayon bir necha kundan tortib bir haftagacha cho‘zilishi mumkin.
Bankdagi "ur-sur"larning ertasi kuni "qora bozor" yana jonlandi. Aniqrog‘i, endilikda valyutchiklaravvalgidek "dollar bormi" deya odamlarga bozorlarda tashlanishmasada, o‘z faoliyatlarini yangi sxemada yo‘lga qo‘yib oldilar. Endilikda ular oddiy savdogar ko‘rinishida yoxud odam gavjum joyda hatto "taksi" ichida ish qilishga kirishgan.
Shu kechayu-kunduzda valyuta bozorid dollar kursi 8250 so‘mni tashkil qilmoqda.
"Qora bozor"ning yo‘qotish bilan bog‘liq muammolardan biri shundaki, xalq "jonli" dollarni olish imkoniga ega ekan, noqonuniy valyutachilarga qarshi kurash kutilgan samarani berishi dargumon.