Banklarda dollar almashtirgan fuqarolarga 50 mingtalik pullar berildi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiya yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistondagi banklarda valyuta ayriboshlash shoxobchalari ishga tushirildi

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Banklar dollar almashtirgani kelgan fuqarolar bilan yangi 50 mingtalik kupuralar bilan hisob-kitob qilishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Valyuta ayirboshlash shoxobchasi - Sputnik O‘zbekiston
Banklar qo‘shimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochadi
Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, shu kechayu-kunduzda O‘zbekistondagi banklarda valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishga tushirildi.

Jumladan, Samarqand shahridagi "Aloqa bank"da valyuta ayirboshlash shoxobchasi uchun bankka kiraverishda alohida joy ajratildi.

Bu fuqarolar qulayligini o‘ylab amalga oshirildi, deb baho berish mumkin, negaki valyuta ayirboshlash shoxobchasida kechgacha navbat uzilmadi.

Chet davlatdan kelgan pul jo‘natmalarini olgan bank mijozlari shu yerning o‘zida dollarni so‘mga almashtirdilar. 

Samarqandliklarning aksariyati tomonidan bu tizim "juda qulay va zo‘r" deya baholandi.

Eslatib o‘tamiz ilgariroq 5-sentabrdan boshlab erkin konvertatsiya yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar qilingan edi. O‘zbekiston Markaziy banki kuni kecha dollarning rasmiy kursini bir dollar uchun 8100 so‘m miqdorida belgilagan edi.

Samarqand "qora bozor"larida dollar kursi shu kechayu-kunduzda 7800 so‘mni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0