TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari Myanmadan Bangladeshga kelgan qochqinlar yig‘ilgan huqudga shoshilinch insonparvarlik yordamini yubormoqda, deb xabar qildi RIA Novosti WAM davlat axborot agentligiga tayangan holda.
Joriy yil 25-avgust kuni zo‘ravonliklar boshlanganidan so‘ng ommaviy ravishda Bangladeshga qochishga majbur bo‘lganlar.
Qochqinlar harbiylar va budparastlar Roxina viloyatiga hujum qilganlarini va tinch aholini qirishni boshlaganlarini aytmoqdalar.
2012 yilda budpasrastlar va roxinya musulmonlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar paytida yuz ming musulmon mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan edi.
BAA vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Buday hukmdori Muhammad bin Rashid Al Mahtum Kutupalongda tashkil qilingan qochqinlar lageriga B747-400 samolyotida insonparvarlik yordami yuborilishiga buyruq bergan.
Samolyot bortida qochqinlar uchun palatkalar ham borligi aytilmoqda.
Ilgariroq BMT rahbariyati Myanmadagi qochoqlarga yordam uchun $7 mln ajratilishi haqida ma’lum qilgan edi.
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ham Myanmadagi musulmonlar bilan bog‘liq muammo ko‘tarilgan edi. Xususan, Qozog‘iston prezidenti Myanmadagi vaziyat IHT a’zo davlatlarini tashvishlantirayotganini aytib, Myanma hukumatini zo‘ravonliklarni to‘xtatishga va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan edi.
Kuni kecha O‘zbekiston hukumati myanmalik qochqin musulmonlarga insonparvarlik yordamini yuborishini ma’lum qildi.