Samarqandda yashirincha diniy ta’lim berib kelgan pensioner ayollar sud qilindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMolotok sudi v zale suda
Molotok sudi v zale suda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Halima va Natalya - yoshi oltmishdan oshgan bu ikki ayol atrofiga yoshlarni to‘plab, yashirin ravishda diniy ta’lim bergan. "O‘zboshimcha xonimlar sudning chaqiruv xatini mensimagan, oqibatda qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri kelgan", - deb yozadi "Zarafshon" nashri

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Samarqand shahrida oltimish yoshdan oshgan yashirin ravishda diniy ta’lim berib kelgan ayollar sud hukmi bilan jarimaga tortildi, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Uchitel musulmanskoy religioznoy shkoli, uchit svoix uchenikov - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada o‘smirlarga diniy ta’lim berayotgan noqonuniy "xujra" aniqlandi
Xabarga ko‘ra, joriy yilning fevralida Halima Sayfiyeva yaqin kishisi Natalya Pak bilan uchrashib, unga uyida diniy marosim o‘tkazishni rejalashtirganini aytgan. Bunda diniy kitoblardan foydalanib, saboq ham bo‘lishini, ayollarning "Bibiseshanba", "Mushkulikushod" kabi ixcham marosimlarida qatnashadigan "faol ayol"larni ham taklif qilishgan.

Shu tariqa Halima opaning xonadoniga Samarqand shahrining turli mahallalarida istiqomat qiluvchi Aziza, Maxfuza, Nurxon, Alina, Umida singari 25-30 yoshdagi ayollar kelishgan.

Otinoyilardek viqor bilan so‘z boshlagan Halima opa dastlab Allohning yagonaligi, Yaratganni doimo yodda tutmoq uchun diniy bilimlar zarurligini uqtirib, ma’rakalar o‘tkazib, xayr-ehson qilish savobligini ta’kidlagan, deb yozadi nashr.

Davlat diniy ta’lim muassasasida tahsil olmagan, kishilarga diniy ta’limot berishga tegishli organning ruxsatisiz "diniy marosim" o‘tkazayotgan bu ayol ilgari ham ogohlantirilgan, ammo xudbinlik, o‘zboshimchalik bilan keksaligini pesh qilib, yana ayollarni yig‘gan.

Oqibatda "yaxshi niyat"da boshlagan xufona ishi boshiga balo keltirdi. H.Sayfiyeva va uning sheriklari ma’muriy huquqbuzarlar sifatida huquq-tartibot idoralari tomonidan qayd etildi.

Hazrati imom masjididagi Hayit namozi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi onlayn tarzda dindan saboq berishni boshlaydi
Nashrning tushuntirish berishicha, azaldan Navro‘z bayramini, muqaddas Ramazon va Qurbon hayitlarini keng nishonlab keladi, diniy marosimlarda jonliq so‘yib, elga tarqatish, ehtiyojmand, bemor, nogiron kishilar holidan xabar olish, muruvvat ko‘rsatish kabi umrboqiy amallar Qur’onda, hadislarda aytilgan. Bu udum va odatlar milliy qadriyatlar darajasida ulug‘lanadi.

Ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan yetti nafar ayol ishini ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida chaqiruv xati orqali xabar qilingan bo‘lsa-da, ular sud majlisiga kelmagan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 294-moddasiga asosan ma’muriy ish ular ishtirokisiz ko‘rib chiqilgan.

Halima Sayfiyeva, Natalya Pak, Aziza Kamolova, Maxfuza Asrorova, Nurxon Kamalova, Alina Kenjayeva va Umida Otamurodovalar aybdor deb topilib, sud qarori bilan jarimaga tortilgan.

Yangiliklar lentasi
0