TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Facebook, Instagram va Youtubeda diniy-ma’rifiy darslar o‘tilishi boshlanishi haqida xabar berdi.
"Hurmatli muxlislar! Endi haftaning har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar olib boriladi. Ushbu darslarni taniqli ulamolar va Toshkent islom institutining mahoratli ustozlari o‘tkazishadi", — deyilgan xabarda.
Agar Sizda mavzu yuzasidan qandaydir savollar bo‘lsa, ularni oldindan telegramdagi "@MuslimUzAdmin1Bot"ga yuborishingiz yoki dars jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu onlayn darslarni quyidagi ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin:
Facebook: https://www.facebook.com/muslimuzportal/
Instagram: https://www.instagram.com/muslimuzportali/
Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCLbdL0ibb4zqlqe7LRNOSNQ
Bugun soat 15:00 da fiqh va 16:00 da hadis fanlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri darslar bo‘lib o‘tishi aytilgan.